127
127
6-§.
2.1. GAZLAMASHUNOSLIK
MATERIALLARGA
ISHLOV
BERISH TEXNOLOGIYASI
b
o
b
-
TIKUVCHILIK XONASI. TO‘QIMACHILIK TOLALARI.
Ip VA GAZLAMA HAQIDA MA’LUMOT
Tikuvchilik xonasiga kirgan o‘quv chidan quyidagi texnika xavfsizligi va sanitariya-
gigiyena qoidalariga amal qilish talab etiladi:
1. Tikuvchilik xonasi doimo toza va yorug‘ bo‘lishi kerak. Xonaning harorati
19–20 °C bo‘lishi maq sadga muvofiqdir.
Gazlama va ipning to‘qimachilik tolalariga qanday aloqasi bor?
T
e
xnologiya darsi amaliy mashg‘ulotlar bilan chambarchas bo‘lgani sababli,
tikuvchilik xonasi ham alohida bo‘lishi kerak. Tikuvchilik xonasida bichish,
tikish, pardozlash ish larini amalga oshirish bilan birga buyumni kiyib ko‘rish
uchun ham sharoit yaratiladi.
Xona keng, yorug‘, kamida 15 nafar qiz bola uchun
mo‘ljallanadi.
Bundan tashqari, tikuvchilik materiallarini saqlash uchun javon kerak
bo‘ladi. Devorga texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari, tikish va bichishga
taalluqli ko‘rgazmali
vositalar osiladi, maniken qo‘yiladi. Tikuvchilik xonasida tikuv
mashinalarining barcha turi yaroqli holatda bo‘lishi kerak. Bichish stoli, dazmollash
stoli, dazmol, tikish va bichish uchun kerakli asbob-moslamalar bo‘ladi.
128
128
2. Tikuvchilik xonasiga kirganda sochlar yig‘ilgan, maxsus fartuk tutilgan va ro‘mol
o‘ralgan bo‘lishi lo zim.
3. Ishni o‘qituvchining rux satisiz boshlamang.
4. Ish jarayonida igna-to‘g‘ nag‘ichlar maxsus yos tiq chaga qadalgan bo‘li shi ke rak.
5. Igna-to‘g‘nag‘ichlarni og‘izga solish, kiyimga qadash mumkin emas.
6. Qaychini halqa tomoni bilan ikkinchi kishiga uzating.
7. Qaychini ish stoliga joylashtirganda o‘tkir qismi yopilgan holda o‘ng tomo-
ningizda bo‘lsin.
8. Tikuv mashinasiga yorug‘lik chap tomondan yoki to‘g‘ridan tushib turishi kerak.
9. Tikuv mashinasi bilan tikuvchi oralig‘i 10–15
cm
bo‘lishi kerak.
10. Tikuv mashinasining
yaroqliligini tekshirib, vaqtida moylab tu rish kerak.
11. Ish jarayonida ma shinani moy lash mumkin emas.
12. Ish jarayonini yakun laga nin gizdan so‘ng barcha ji hoz larni ko‘z dan ke chi rib,
tartibga soling. Daz molni o‘chi rish ni esdan chi qar mang.