Texnologiya va uni o’qitish metodikasi




Download 66,13 Kb.
bet6/11
Sana24.11.2023
Hajmi66,13 Kb.
#104704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi

63.
Applikatsiyaning nechta turi mavjud?
E. *5ta turi mavjud
F. 7 ta turi mavjud
G. 4ta turi mavjud
H. 6 ta turi mavjud.
64. Texnologiya fanidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari.
E. *Ommaviy ishlar, to’garak ishlari, yakka tartibdagi mashg’ulotlarga qatnashish.
F. Darsdan tashqari bajariladigan ishlar, ommaviy ishlar, maktab ishlari.
G. Ommaviy ishlar, maktab ishlari, yakka tartibdagi mashg’ulotlarga qatnashish.
H. Ommaviy ishlar, yakka tartibdagi ishlar.
65.
O‘quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlashni nimalar tashkil
etadi?
A. *Bolalarning yoshiga va qobiliyatiga mos keluvchi ongli va ijobiy texnologiyaga
o’rgatish.
B. Bolani ijodiy Texnologiyaga tayyorlash.
C. Bolaning yoshini, aqlini, imkoniyatini takomillashtirish.
D. Texnologiyaga nisbatan aqliy va ruhiy imkoniyatlarini o’rganish
66
Texnologiya darslarida ish joyini to’g’ri tashkil qilish.
A. *Stol ustiga salfetka yozib, o’ng tomoniga kerakli asbob uskunalar chap tomoniga
kerakli materiallar to’plami, old tomoniga chiqindilar uchun quticha, yelim va
sochiq qo’yiladi.
B. Stol ustiga qog’oz yozib darsga kerakli bo’lgan buyumlarni tayyorlab qo’yish.
C. Bolalarni harakatlariga halaqit bermaydigan qilib darsga kerakli ish qurollarini
tayyorlab qo’yish.
D. Sanitariya-gigiena, texnika xavfsizligi, to’g’ri o’tirish qoidasiga amal qilish.
67
Dars rejasini nimalar tashkil etadi?
A. *Tashkiliy qism, asosiy qism, yakuniy qism.
B. Yangi mavzu, darsning yakuniy qismi.
C. Tashkiliy qism va yakuniy qism.
D. Asosiy qism va tashkiliy qism.
68
Boshlang’ich sinflarda qo’l mehnati turlari qaysi qatorda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A. *Turli materiallar bilan ishlash, gazlama va ip turlari bilan ishlash, loyihalash va
modellash ishlari, qishloq xo’jalik ishlari, qog’oz va karton bilan ishlash.
B. Turli materiallar bilan ishlash, loyihalash va modellash ishlari, qishloq xo’jalik
ishlari, qog’oz va karton bilan ishlash.
C. Turli materiallar, gazlama bilan ishlash, qishloq xo’jalik ishlari.
D. Applikatsiya va mozaika ishlar, qog’oz va karton bilan ishlash.





69.
Turli materiallar bilan ishlash ish turi qaysi qatorda
ko’rsatilgan?
A. *Applikatsiya va mozaika, loy va plastilin, turli tabiiy materiallar bilan ishlash.
B. Applikatsiya va mozaika, pape-mashe, qog’oz va karton bilan ishlash.
C.
Tabiiy materiallar, loy va plastilin, qog’oz va karton bilan ishlash.
D. Applikatsiya, mozaika va turli materiallar bilan ishlash.
70.
Qog’ozdan maketlar yasaganda nimalarga e’tibor berish kerak?
A. *Qog’ozning rangiga va sifatiga, buklash chiziqlariga, qog’ozning shakliga, to’g’ri
buklashga.
B. Qog’ozning sifatiga, buklash chiziqlariga, shakliga.
C. Qog’ozning sifatiga,buklash chiziqlariga.
D. Qog’ozning shakliga, buklash chiziqlariga, to’g’ri buklashga va yelimlashga.
71.
Maketlar yasashda ishlatiladigan ish qurollari va materiallar.
A. *Rangli qog’oz, rangli karton, qaychi, yelim, qalam, chizg’ich,
B. Yozuv qog’ozi, rangli qog’oz, yelim.
C. Rangli qog’oz, , qaychi, yelim, qalam, chizg’ich.
D. Qaychi, rangli qog’oz, rangli karton, yelim,
72.
Jismoniy mehnat nima?
A. *Insonning tana a’zolari orqali ongli ravishda faoliyat ko’rsatish.
B. Insonni Texnologiya qilish faoliyati.
C. Jismoniy harakat.
D. Texnologiyaning hamma turi jismoniy Texnologiyadir.
73.
Mehnat-bu nima?
A. *Maqsadga yo’naltirilgan aqliy va jismoniy faoliyat.
B. Texnologiya odam uchun kerakli va zarur faoliyat.
C. Tabiatga ta’sir qilib undan o’ziga kerakli maqsadda foydalanish.
D. Texnologiya moddiy ehtiyojlarini qondirish
74.
Texnologiya darslarida mehnatga amaliy tayyorlash qanday
amalga oshiriladi?
A. *Asbob va uskunalardan foydalana bilish, materialga ishlov bera olish, xatoni o’z
vaqtida aniqlash va to’g’irlay olishga o’rgatish.
B. Texnologiya ta’limining muhim omillaridan biridir.
C. Asbob va uskunalardan foydalana bilish.
D. Texnologiya malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
75.
Texnologiya o’qituvchisi darsda nimalarga e’tibor berishi
kerak?
A. *Darsni rejalashtirishga, vaqtdan unumli foydalanishga, ko’rsatmaga amal
qilishga, ish joyini to’g’ri tashkil etishga



B. Darsni tushuntirish, materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni materiallarga


ishlov berish usullarini va bosqichlar izchilligini ko’rsatishga.
C. Bolaning qobiliyatiga, qiziqishiga, imkoniyatlariga e’tibor berish kerak.
D. Ish joyini to’g’ri tashkil etishga
76
Ommaviy ish turlari
A. *Kechalar, konkurslar, musobaqalar, viktorinalar, ekskursiyalar, ko’rgazmalar.
B. Jamoada ishlash.
C. To’garaklarda ishlash.
D. Kichik guruhlarda ishlash.
77.
Texnologiya fanining vazifasi.
A. *Mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash.
B. Texnologiyaga muhabbat ruhida, Texnologiya madaniyatini, do’stlik, birodarlik,
umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni shakllantiradi.
C.
Iroda, axloqiy sifatlarni, Texnologiyasevarlik, intizomlilik, burch hissini
tarbiyalab, aqliy va jismoniy o’sishiga yordam beradi.
D.
Mehnatga muhabbat ruhida, Texnologiya madaniyatini, do’stlik, birodarlik,
umumlashish, jamoatchilikni shakllantiradi. Texnologiyaga axloqiy, ruhiy va
amaliy tayyorlaydi.
78.
Qo’l mehnatiga o’rgatishdagi usullar.
A. *Og’zaki bayon qilish, tushuntirish va hikoya qilish, ko’rgazmalilik, suhbat,
mashqlar, amaliy ishlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ish, ekskursiya, kitob bilan
ishlash, kino (ta’limning texnik vositasi).
B.
Tushuntirish va hikoya qilish, og’zaki bayon qilish, suhbat, kitob bilan
ishlash, laboratoriya ishlari, amaliy ishlar, mashqlar, ekskursiya, ta’limning texnik
vositalari, mustaqil ish.
C. Og’zaki bayon qilish, tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj, suhbat, mashqlar,
amaliy ishlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ish, ekskursiya, kitob bilan ishlash,
kino, ta’limning texnik vositasi, ko’rgazmalilik.
D.
Amaliy ishlar, laboratoriya ishlari, ta’limning texnik vositalari, og’zaki
bayon qilish, mustaqil ishlar.
79.
Texnologiya fani o’qituvchisining vazifasi.
A. *O’quvchilarda Texnologiya malaka va ko’nikmalarini shakllantirish, kasb-
hunarga qiziqtirish ishlarini amalga oshirish.
B.
O’quvchilarni jamoada ishlashga o’rgatish.
C. O’quvchilarni kasb tanlashga o’rgatish.
D. Amaliy Texnologiya ko’nikmalarini shakllantirish.
80.
Texnologiya xonalarini jihozlash talablari.
A. *Xona toza, yorug’lik tushib turadigan, ish qurollaridan namunalar tashkil
qilingan, o’quvchilarni harakatlanishi uchun qulay bo’lgan, ish materiallari bilan
jihozlangan.



B. Sanitariya-gigiena talablariga javob bera oladigan.


C.
Texnologiya fani uchun kerakli bo’lgan ish qurollari mavjud bo’lishi kerak.
D. Toza, yorug’lik tushib turadigan xona.
81.
Texnologiya ta’limining maqsadi nima?
A. *O’quvchilarni
axloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik, aqliy va jismoniy
texnologiyaga o’rgatish.
B. O’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash.
C. O’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatish.
D. O’quvchilarni mehnat qilishga o’rgatish
82.
Qaychi ish stolining qaysi tomonida turishi kerak?
A. *Ish stolining o’ng tomonida
B. Ish stolining old tomonida
C. Ish stolining chap tomonida
D. Ish stolining yon tomonida
83.
Texnologiya darslarida axloqiy tarbiyalash nima?
A. *Ijodiy, tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish.
B.
Bolalarga jamoada ishlashni o’rgatish;
C. O’zaro do’stona yordam berishni o’rgatish;
D. Tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish.
84.
Texnologiya darslarida qaysi ish turiga ko’p soat ajratilgan?
A. *Qog’oz va karton bilan ishlashda
B. Gazlama va ip turlari bilan ishlashda
C. Plastillin va loy bilan ishlashda
D. Turli tabiiy materiallar bilan ishlashda
85.
Qaysi asbob bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalariga amal
qilish kerak?
A. *Qaychi, igna, bigiz, pichoq bilan ishlashda
B. Qog’oz bilan ishlashda
C. Plastillin va loy bilan ishlashda
D. Karton bilan ishlashda
86.
Gazlama bilan ishlaganda qanday asboblardan foydalaniladi?
A. *Qaychi, igna, ip, angishvona
B. Qaychi, igna va ip.
C. Qaychi, igna va angishvona.
D. Qaychi va ip
87.
Qaychidan foydalanish qoidalari nechta?
A. *8 ta
B. 7 ta



C. 10 ta


D. 6 ta
88.
Bigizdan foydalanish qoidalari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. *Bigizni o’rinsiz ishlatma va g’ilofda saqla.
B. Bigizni g’ilofda saqla.
C. Sirti silliq, sirg’anchiq qattiq predmetlarni bigiz bilan teshma.
D. Teshilgan predmetlarni qo’ling bilan ushlama
89.
Mustaqil ish bu...
A. *O’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig’i bilan maxsus
ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlar.
B. Mustaqil ishlarda yangi bilimlarni berish maqsadlari qo’yiladi.
C. O’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadigan ishlar.
D. Ishga ijodiy yondashishni, olingan bilimlarni amalda qo’llay bilishni o’rganadilar.
90.
Qog’ozga ishlov berish usullari qaysi qatorda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A. *O’lchash, buklash, yirtish, qirqish, g’ijimlash, yelimlash.
B. O’lchash, buklash, kesish, yelimlash, yopishtirish.
C. Qirqish, yelimlash, o’lchash.
D. Buklash, yirtish, qirqish, yelimlash, yopishtirish, o’lchash, kesish.
91.
Darsning yakuniy qismida qanday ishlar amalga oshiriladi?
A. *Amaliy ishlar tahlil qilib, baholanadi Ish o’rni tozalanadi va uyga vazifa beriladi.
B. Xato va kamchiliklar to’g’rilanadi.
C. Amaliy ishlar tahlil qilib, baholanadi.
D. Ish o’rni tozalanadi va uyga vazifa beriladi.
92.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar qanday mehnat turi bilan
shug’ullanadi?
A. *Qo’l mehnati turi bilan shug’ullanadi.
B. Texnik mehnat turi bilan shug’ullanadi
C. Maishiy mehnat turi bilan shug’ullanadi
D. Amaliy mehnat turi bilan shug’ullanadi
93.
Qog’oz qanday xususiyatga ega?
A. *Yonadi, qirqiladi, chiziladi, g’ijimlanadi, yelimlanadi, yirtiladi, bo’yaladi,
yoziladi, namlikni o’ziga singdiradi.
B. Yonadi, qirqiladi, yelimlanadi, g’ijimlanadi, chiziladi.
C. Qirqiladi, g’ijimlanadi, yonadi, yirtiladi, yoziladi, chiziladi, yelimlanadi, namlikni
o’ziga singdiradi.
D. Qirqiladi, g’ijimlanadi, yonadi, yirtiladi, yoziladi, chiziladi, yelimlanadi





94.
Stakan maketini yasash necha bosqichda amalga oshiriladi?
A. *4-bosqichda
B. 5-bosqichda
C. 6-bosqichda
D. 3-bosqichda
95.
Lola maketi qanday shakldagi qog’ozdan yasaladi?
A. *Kvadrat shaklidagi qog’ozdan
B. To’rtburchak shaklidaga qog’ozdan
C. To’rtburchak
D. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’ozdan
96.
Boshlang’ich sinfdagi texnologiya fanini qaysi fanlar bilan
integratsiyalash mumkin?
A. *Tabiiy, tasviriy sa’nat, odobnoma, matematika, o’qish.
B. Rasm, odobnoma, biologiya
C. Texnologiya fani hech qaysi fan bilan integratsiyalashmaydi
D. Tabiat, rasm, chizmachilik, odobnoma, biologiya, matematika,
97.
Qog’ozni buklab turli shakllar yasash qanday nomlanadi?
A. *Maket yoki origami deb nomlanadi.
B. Applikatsiya va mozaika ishlari deb nomlanadi.
C. pape-mashe ishlari deb nomlanadi.
D. Kvilling deb nomlanadi.
98.
Texnologiya darsini rejalashtirishda nimalarga e’tibor berishi kerak?
A. *Texnologiya darsida yangidan-yangi bilim va ko’nikmalar berishga.
B. Bolaning qobiliyatiga, qiziqishiga, imkoniyatlariga.
C. Texnologiya darsida bilim va ko’nikmalar berishga.
D. Kerakli ish qurollari va ko’rgazmalarni tayyorlashga
99.
Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanidan qanday to’garaklar
mavjud?
A. *Mohir qo’llar to’garagi
B. Dizaynerlik to’garagi
C. Tikuvchilik to’garagi
D. To’quvchilik to’garagi
100. Qog’ozni oddiy usullarda buklab qanday shakllar hosil qilish mumki?
A. *16 ta kvadrat va 32 ta uchburchak.
B. 16 ta kvadrat va 30 ta uchburchak.
C. 14 ta kvadrat 28 ta uchburchak.
D. 14 ta kvadrat va 32 ta uchburchak.
101.
Amaliy ish darsning qaysi bosqichida amalga oshiriladi?



A. *Asosiy qismida


B. Tashkiliy qismida
C. Yakuniy qismida
D. Mustahkamlash qismida
102. O’qituvchi Texnologiya darsning yakuniy qismida qanday ishlarni
amalga oshiradi?
A. *O’quvchilarni amaliy faoliyatini baholaydi, uyga vazifa beradi.
B. Savol-javob o’tkazadi va mustahkamlaydi.
C. O’quvchilarni dars jarayonidagi faoliyatini mustahkamlaydi va baholaydi
D. Uyga vazifa beradi va ish joyini tozalaydi.
103 “Bayram tabriknomasi tayyorlash” mavzusi qaysi ish turiga kiradi?
A. *Qog’oz va karton bilan ishlash turiga kiradi
B. Karton va rangli qog’oz bilan ishlash turiga kiradi
C. Applikatsiya va mozaika ishlari turiga kiradi
D. Konstruktorlik va modellashtirish ishlar turiga kiradi
104. Texnologiya darsining necha qismi amaliy ishga ajratiladi?
A. *Darsning 3/4 qismi
B. Darsning 100% foizi
C. Darsning 2/4 qismi
D. Darsning 1/4 qismi
105. O’quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash vazifasi qaysi qatorda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A. *O’quvchilarning yoshiga mos keluvchi ongli va ijodiy sifatlarni tarkib toptirish.
B. Hissiy bilish jarayonini tarkib toptirish.
C. Bolaning psixologik jarayonlarini rivojlantirish
D. Ongli va ijodiy sifatlarni tarkib toptirish.
106. Darsga qo’yiladigan maqsadlarini belgilang?
A. *Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlartiruvchi maqsad
B. Ta’limiy, tashkiliy, yakuniy maqsad
C. Ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy maqsad
D. Rivojlantiruvchi, tashkiliy maqsad
107.
Uzluksiz ta’lim tizimi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. *Maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy
ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
B. Boshlang’ich ta’lim, o’rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi.
C. Maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim (bakalavr va magistratura.
D. Umumiy o’rta ta’lim, boshlang’ich ta’lim, oliy ta’lim.
108. Kichik guruhlarda ishlash shaklini aniqlang.



A. *Bunda, o’quvchilarning hammasi bir xil topshiriqni bajarishdan iboratdir, shuning


uchun o’qituvchi bir vaqtning o’zida butun gruppa ishiga rahbarlik qila oladi.
B. Bunda, gruppaning har biri 3-4 kishilik guruhlarga bo’linishi, bu guruhlarning har
qaysisi o’z topshirig’ini bajarishi nazarda tutiladi.
C. Bunda, hamma o’quvchilar har xil ishni bajarishdan iborat.
D. O’quvchilar individual ish bajaradi.
109. O’qitishning yakka holda ishlash shaklini aniqlang.
A. *Hamma o’quvchilar har xil ishni bajaradi, o’quv jarayonni boshqarish
o’quvchilarning hammasini zarur materiallar bilan ta’minlash qiyin bo’ladi.
B. O’quvchilarning hammasi bir xil topshiriqni bajaradilar. O’qituvchi bir vaqtda
butun guruh ishiga rahbarlik qila oladi.
C. Barcha o’quvchilar har xil ishni bajarishidan iborat.
D. Sinf o’quvchilari umumiy topshiriq ustida ishlaydilar.
110. Qaychidan foydalanish talablar.
A. *Qaychini uzatganda teskarisini qilib uzat, harakatlanganingda ishlatma.
B. Qaychini harakatlanganingda ishlatma.
C. Qaychini o’z o’rnida ishlat
D. O’tmas qaychidan foydalanma
111. Suhbat metodining maqsadi.
A. *O’qituvchi to’g’ri qo’yilgan savollar bilan o’quvchilarga ilgari o’zlashtirgan
bilimlarni esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil
qilishga undaydi.
B. Yangi Texnologiya tushunchalari ochib beriladi, Texnologiya va texnologik
jarayonlari haqidagi ma’lumotlar o’rganilib chiqiladi.
C. O’quvchilar o’qituvchilar savoliga javob berib boradi.
D. O’quvchilardan intervyu oladi.
112.
Ko’rgazmali qo’llanmalarni namoyish qilish metodi nimalarga
asoslanadi?
A. *O’quvchilarning o’rganayotgan ob’ektlarini hodisalar va ishlab chiqarish
jarayonlarini ko’rgazmali hissiy idrok qilishni ta’minlaydi
B. Texnologiya va hunar ta’limining o’rganilayotgan ob’ektlarini ko’rgazmali hissiy
idrok qilishga asoslangan metoddir.
C. O’qituvchi to’g’ri qo’yilgan savollar bilan o’quvchilarga ilgari o’zlashtirgan
bilimlarini esga tushiradi va shu asosida yangi bilimlar hosil qilishga undaydi.
D. Darsda ko’rgazma va slaydlardan foydalaniladi.
113. Texnologiya ta’limini rejalashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
A. *DTS talablariga, o’quv dasturiga, o’quv rejaga.
B. Darsni tashkil etilishiga, kirish, joriy va yakuniy instruktajlarga.
C. O’quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo’lib, u didaktika printsiplariga to’la
to’kis mos keladigan bo’lishi kerak.



D. Davlat ta’lim standartlariga e’tibor berish kerak.


114. Texnologiya ta’limini rejalashtirishda qanday hujjatlar tuzib chiqiladi?
A. *Texnologiya bo’yicha yarim yilga yoki 1 yilga mo’ljallangan kalendar mavzu
rejasi.
B. Tabiiy ilmiy turkumdagi fanlarning yig’ma mavzu rejasi.
C. Aniq mavzu yuzasidan batafsil konspektga ega bo’lgan dars rejasi.
D. Texnologik xaritalar.
115. Amaliy darsning so’ngi bosqichi nima?
A. *Ish o’rnini tartibga solish.
B. Mustahkamlash.
C. Savol-javob o’tkazish.
D. O’quvchilarni baholash.
116. Berilgan tushunchalarni shakllantirish ketma-ketligi qaysida javobda
to’g’ri ifodalangan?
A. *Tushuncha-bilim-ko’nikma-malaka
B. Ko’nikma-bilim-malaka-tushuncha
C. Bilim-tushuncha-ko’nikma-malaka
D. Ko’nikma-bilim-tushuncha-malaka
117. Ta’limdagi og’zaki metodlarni ko’rsating.
A. *Hikoya, suhbat, tushuntirish metodlari
B. Ko’rgazmalilik va muammoli-izlanish metodlari
C. Induktiv va deduktiv metodlar
D. Kitob va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodlari
118. Ekskursiya tushunchasining javobi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. *Narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda yoki maxsus muassasalarda tashkiliy
ravishda o’rganish
B.
Ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar uyushtirish
C.
Nazariya va amaliyotni o’zaro bog’liq holda amalga oshirishning asosiy
metodi
D. Bo’lajak mutaxassislarni kasbga moslashuvini ta’minlashning asosiy omili
119. Dars nima?
A. *Bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta’lim mashg’uloti
B. O’quv ishlarining asosiy shakli va metodi
C. O’quv ishlarining bajarilish
D. O’quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o’rganish yuzasidan
mustaqil ishlash
120. Metod tushunchasi nimani ifodalaydi?



A. *Tadqiq qilish yoki bilish yo’li


B. Ta’lim berish usullari va shakllari
C. Tushuntirish uslubi
D. O’quvchilarga bilim berish va baholash jarayoni
121. Ta’lim vositasi nima?
A. *Ma’lum o’qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
yordamchi o’quv materiallari
B. Dars jarayonida tabiiy va sun’iy ko’rgazmali vositalardan foydalanish
C. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga
qaratilgan birgalikdagi faoliyati
D. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi vosita
122. Boshlang’ich sinflarda Texnologiya darslari qanday shaklda olib
boriladi?
A. *Amaliy shaklda olib boriladi
B. Ma’ruza shaklda olib boriladi
C. Semenar shaklda olib boriladi
D. Aralash shaklda olib boriladi
123. Texnologiya
ta’limi darslarida ko’rgazmali qo’llanmalardan
foydalanishning samarasi nimaga bog’liq?
A. *Ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish vaqtida ularning barcha o’quvchilarga
yaxshi ko’rinadigan bo’lishini ta’minlash zarur, estetik jihatdan talab darajasida
bo’lishi kerak.
B. Ko’rgazmali qurollar o’quv materiali mazmunining eng muhim mazmunini aks
ettirishi lozim.
C. Ko’rgazmali qo’llanmalar o’quv materiali mazmunining eng muhim belgilarini aks
ettirishi lozim, ortiqcha kuzatish ob’ektlari bo’lmasligi lozim.
D. O’qituvchi ko’rsatayotgan narsaning o’quvchilar tomonidan idrok etilishi
jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim.
124. Ish unumini oshirish yo’llari.
A. *Beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarning mazmundorligi
B.
Buyumning kundalik uchun zarurligi
C.
Ko’nikma va malakalarning mazmundorligi
D. O’quvchilarni darsda band qilish imkoniyati
125. O’quvchilardagi qaysi fazilatlari texnologiya darslarida muhim
sanaladi?
A. *Tejamkorlik, ijodkorlik fazilatlari.
B. Tejamkorlik, vatanparvarlik fazilatlari.
C. Mustaqillik, irodaviylik fazilatlari.
D. Ijodkorlik, tashkilotchilik fazilatlari.





126. Boshlang’ich sinf texnologiya xonasida nimalarga amal qilish kerak?
A. *Ish joyini to’g’ri tashkil etishga, sanitariya-gigienik talablarga rioya qilishga,
texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga.
B. Ish joyini to’g’ri tashkil etishga, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga.
C. Sanitariya-gigienik talablarga rioya qilishga va ish joyini to’g’ri tashkil etishga.
D. Ish joyini to’g’ri tashkil etishga, sanitariya-gigienik talablarga rioya qilishga,
texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga, navbatchilik qilishga.
127. Texnologiya amaliy darslarida asosan nimalarga e’tibor berish kerak?
A. *Ish sifatini ta’minlovchi omillarga.
B. Ish joyini tayyorlashga.
C. Аniqlik va tozalikka rioya qilishga.
D. Ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga.
128. Texnologik malaka nima?
A. *Darsda egallangan ko’nikmani mashqlar orqali takomillashib malakaga aylanishi.
B. Amaliy ish faoliyatining mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan
tajribasi.
C. Tez va aniq bajarish malakasi.
D. Amaliy ish faoliyatining mashq qilishlar
129. Texnologiya darslarida amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun
nimalarga e’tibor berish kerak?
A. *Jamoa bo’lib ishlashga, texnika xavfsizligi qoidalariga
B. Texnika xavfsizligi qoidalariga
C. Kerakli materiallarni to’g’ri tanlashga.
D. Amaliy ish faoliyatini mashq qilishga
130.  1-sinf o’quvchilariga Texnologiya ta’limi darslarida necha ish turi
o’rgatiladi?
A. *5 ta ish turi
B. 10 ta ish turi
C. 7 ta ish turi
D. 6 ta ish turi.
131.
3-sinf o’quvchilariga Texnologiya ta’limi darslarida necha ish
turi o’rgatiladi?
A. *7 ta ish turi
B. 12 ta ish turi
C. 8 ta ish turi
D. 4 ta ish turi.





132.. Ish fartugidan qaysi ish turlarida foydalaniladi?
A. *Turli materiallar va plastilin bilan ishlashda
B. Qog’oz va karton bilan ishlashda
C. Gazlama bilan ishlashda
D. Konstruktorlik ishlarida
133. Bigizdan qaysi ish turlarida foydalaniladi?
A. *Karton, texnik modellash va tabiiy materiallar bilan ishlashda
B. Qog’oz bilan ishlashda
C. Gazlama bilan ishlashda
D. Plastillin bilan ishlashda

Download 66,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 66,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya va uni o’qitish metodikasi

Download 66,13 Kb.