• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Kim so‘z topadi” o‘yini
  • Texnologiyalardan foydalanish




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana04.04.2024
    Hajmi0.78 Mb.
    #187231
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Sotvoldiyeva Muxlisaxon



    Международный научный журнал № 8(100), часть  
    «Научный импульс» Март , 2023 
    13 
    BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA O’YINLI 
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
     

     
     
     
     
     
     
    Sotvoldiyeva Muxlisaxon 

     
     
     
     
     
    Farg‘ona davlat universiteti talabasi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi 
    darslarini samarali tashkil etish xususida fikr yuritiladi, ya’ni dars davomida o’quvchilarni 
    dars jarayoniga turli didaktik o’yinlar yordamida jalb qilishning bir necha usullari ko’rib 
    chiqiladi. 
    Kalit so’zlar: zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o’yinli texnologiyalar, “Kim so’z 
    topadi” o‘yini, “So‘z top” o‘yini, “So‘zlar zanjiri” o‘yini, “Palindrom” o‘yini.
     
    Respublikamizning xalq ta’limi oldida turgan asosiy vazifasi har tomonlama kamol 
    topgan sog‘lom, qobiliyatli, o‘z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni 
    voyaga yetkazishdan iboratdir . Bu ulug‘ maqsadni ro‘yobga chiqarish xalq ta’limi tizimiga 
    qarashli barcha xodimlar va o‘qituvchilar ommasidan o‘z ishiga ijodiy yondashish, har bir 
    ishda yuksak samaradorlikka erishish xilma-xil metodik usullarni o‘ylab topish hamda uni 
    maktab hayotiga tadbiq etishni talab qiladi. Bugun maktablarda ta’lim olayotgan 
    o‘quvchilar ilm-fan, texnika taraqqiyoti erishgan bir qator yutuqlardan bahramand bo‘lgan 
    ma’lum darajada bilimli kishilardir. O‘quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini 
    boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Psixologlarning 
    aniqlashicha bolalar o‘qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma’lumotlarga 
    qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o‘zlari mulohaza yuritib mustaqil bajargan 
    ishlari vositasida o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o‘quvchi 
    mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda 
    ko‘plab o‘quv materiallarini hayolidan o‘tkazadi. O‘xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‘zicha 
    mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. 
    Dars jarayonida ko‘proq pedagogik texnologiyaning o‘yin texnologiyalari turidan 
    foydalaniladi. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida aktyor emas, balki 
    “rejissyor” bo‘lishi zarur. U o‘z o‘quvchilarini fanga ijodkorlik bilan qarashlarini tashkil etish, 
    ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish, shuningdek zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak. Buning uchun esa 
    o‘qituvchi yangi ta’lim usullari va metodlarini bilishi, dars jarayonida ulardan samarali 
    foydalanishi maqsadga muvofiq. 2023-yil ham bejizga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” 
    deb nomlanmagan. 
    Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish nima uchun 
    kerak? Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, 
    qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarrda tutadi. Zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lgan o‘yinli texnologiyalar – ta’lim oluvchilarni 


    Международный научный журнал № 8(100), часть  
    «Научный импульс» Март , 2023 
    14 
    faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim 
    oluvchi bo‘lgan metod. O‘yinli texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash: 
    Kim so‘z topadi?” o‘yini 
    Bu o‘yin o‘quvchilar yoki guruhlar asosida o‘tkazilishi mumkin. Sinfdagi o‘quvchilar 
    3 guruhga bo‘linadilar. Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. 

    Download 0.78 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish