76
standarti 1991 yilda Yaponiya Pochta va Aloqa Vazirligi tomonidan
tasdiqlangan.
1992 yilda Germaniyada birinchi tijorat GSM standarti sotali
aloqa tizimi ishga tushirildi.
1993 yilda AQShda TIA aloqa sohasidagi Amerika Sanoat
Uyushmasi qator muvaffaqiyatli sinovlardan keyin CDMA standartini
ichki raqamli sotali aloqa standarti sifatida uni IS-95 nomlash bilan
qabul qildi. 1995 yilning sentyabrida Gongkongda birinchi IS-95
standarti tarmog‘ining tijorat ishlatilishi ochildi.
Buyuk Britaniyada
birinchi DCS-1800 One-2-One tarmog‘i ishga tushirildi, u hozirda 500
mingdan ortiq abonentlarga ega.
O‘zbekistonda Toshkent shahrida birinchi NMT-450 standarti
paydo bo‘ldi. Keyin qabul qilingan quruqlikdagi harakatdagi aloqa
tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyasi milliy ko‘lamlarda sotali
aloqani keyingi rivojlantirishga kuchli turtki bo‘ldi. Va agar NMT va
keyin standartlarini joriy etilishi bilan O‘zbekiston o‘n yilga ortda
qolgan bo‘lsa, u holda GSM standartini milliy standart sifatida e’lon
qilinishi bu vaqt farqini taxminan uch yilgacha qisqartirdi.
Rivojlangan jahon texnologiyalariga aniq yo‘nalish olish
O‘zbekistonga zamonaviy harakatdagi sotali radioaloqa tizimlarini
rivojlantirishda jahonning etakchi davlatlaridan
ortda qolmaslik
imkoniyatini beradi. O‘zbekiston CDMA standartini joriy etish
bo‘yicha ham ortda qolayotgani yo‘q.
Harakatdagi sotali radioaloqa tizimlarini keyingi rivojlantirish
uchinchi avlod tizimlari (3G) loyihalarini yaratish doirasida amalga
oshirilmoqda.
3G bu IMT-2000 (International Mobile Telecommunications
2000) qisqartmasi ostida beshta W-CDMA, CDMA2000, TD-
CDMA/TD-SCDMA, DECT, UWC-136 standartlarni birlashtiradigan
mobil raqamli aloqa standarti hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan 3G
tarkibiy qismlaridan faqat birinchi uchtasi uchinchi avlod to‘laqonli
sotali aloqa standartlari hisoblanadi, DECT va UWC-136 esa
yordamchi rolni o‘ynaydi. DECT
bu uchinchi avlod mobil
texnologiyalari doirasida bu tarmoqlarga qaynoq ulanish nuqtalarini
(xot-spotlarni) tashkil etish uchun uy yoki ofis maqsadlaridagi simsiz
telefoniya standarti hisoblanadi. UWC-136 standarti bu EDGE
texnologiyasiga o‘xshash bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi.
77
3G mobil aloqa haqida taraqqiyot timsoli sifatida ko‘p
aytilmoqda, lekin 4G deyiladigan sotali aloqaning keyingi avlodi
oldinga intilmoqda.
4G oilasiga 100 Mbit/sekunddan ortiq tezlikli sotali tarmoqlarda
ma’lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalar kiradi. Keng
tushunishda 4G bu paketli kommutatsiyalash, ko‘p darajali
modulyatsiyalash, adaptiv modulyatsiyalash va kodlash,
tarmoqning
abonentlari orasida chastota-vaqt resurslarini dinamik taqsimlash, IP-
interfeyslar, qabul qilish va uzatishda ko‘p antennali ajratish,
bog‘lanishning berilgan sifatini kafolatli ta’minlash va boshqalar kabi
mobil aloqaning tamoyilial yangi konsepsiyalarini jamlaydigan sotali
aloqa tizimlarining nomlanishi hisoblanadi. To‘rtinchi avlod aloqa
tizimlarida ma’lumotlarni uzatish asosiy servis turi hisoblandi, ovozni
uzatish esa ma’lumotlarni uzatish kanalida IP-telefoniya tamoyili
bo‘yicha ishlatiladi.
Jahonda mavjud bo‘lgan to‘rtta mobil aloqa avlodlariga 2020
yilda beshinchi avlodning qo‘shilishi kutilmoqda [7]. Hozirgi vaqtda
olib borilayotgan dasturlarda beshinchi avlod
standartining qiyofasi
ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun 5Gga aniq tavsif berish hozircha
mumkin emas, faqat 2020 yildan keyin mobil tarmoqlar qanday
bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
Katta ehtimollikda 5G tarmoqlari ko‘p sonli turli tarmoqlardan
iborat bo‘ladi va ulardan ko‘pchiligi “doimo onlayn” rejimida
ishlaydi.
Bunda
tarmoqning
eng
muhim
talablaridan
biri
qurilmalarning past energiya iste’molini ta’minlash bo‘ladi.
5G tarmoqlarga shakllantirilgan umumiy talablar sifatida
quyidagilarni hisoblash mumkin:
−
tarmoqning o‘tkazish qobiliyati 10 Gbit/sekunddan yuqori
bo‘lishi kerak;
−
bir km
2
ga 100 milliontagacha qurilmalarni bir vaqtda
ulanishini qo‘llash;
−
radiointerfeysga ma’lumotlarni uzatilishining 1
msdan ortiq
bo‘lmagan kechikishi.
5G tarmoqlarda quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi kutilmoqda:
−
o‘ta keng polosali mobil aloqa (Extreme Mobile Broadband,
xMBB) - “og‘ir” kontentni uzatish maqsadida ultra keng polosali
aloqaning ishlatilishi;
78
−
ommaviy mashinalararo aloqa (Massive Machine-Type
Communications, mMTC) – Internet-ashyolarni qo‘llash (ultra tor
polosali aloqa);
−
o‘ta ishonchli mashinalararo aloqa (Ultra-reliable MTC,
uMTC) - juda kichik kechikishlarli alohida xizmatlar turini
ta’minlash.
5G doirasida turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan
tadqiqotlar ishlari asosan yangi radiointerfeysni qidirishga qaratilgan.
Uning spektral samaradorligini to‘rtinchi avlod (4G) tarmoqlaridagiga
qaraganda 3 martaga oshirish rejalashtirilmoqda, bu o‘sha bir
polosaning kengligida 3 marta ko‘p ma’lumotlarni o‘tkazilishini
bildiradi, ya’ni 1 Gsga 6 bit/sekundni tashkil etadi. Bundan tashqari,
yangi radiointerfeys tez moslashuvchan, oson konfiguratsiyalanadigan
va 4G va3G tarmoqlar bilan teskari moslashuvchan bo‘lishi kerak [8].