79
bilan (PMR, PAMR)
korxonalar, shifoxonalar, ishlab chiqarish
komplekslari va boshqalar jihozlanadi. RMR abonentlar radio qamrab
olish zonalari chegaralarini kesib o‘tganida
aloqaning uzluksizligini
ta’minlamaydigan xususiy harakatdagi radioaloqa tizimlari sifatida
tushunadi, avtomatik roumingga ega emas,
boshqa tizimlar
abonentlariga mavjud aloqa xizmatlari to‘plamini, shu jumladan to‘lov
masalalarini kafolatlamaydi. RMRdan farqli ravishda RAMR
harakatdagi abonentlarni umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari
abonentlari bilan bog‘lanishini ta’minlaydi.
Harakatdagi tizimlarni loyihalashtirishdagi
asosiy kuchlar
radiotelefon xabarlarini qabul qilish yuqori yuqori halaqitbardoshligini
ta’minlashga yo‘naltirildi, shuning uchun bu yo‘nalishda ma’lum
yutuqlarga erishildi, ular harakatdagi radioaloqani qabul qilinadigan
ma’lumotlarning sifati bo‘yicha
simli TLF aloqa darajasiga
yaqinlashtirdi. Bu harakatdagi radioaloqaga ajratilgan chastotalar
resursi radioabonentlarning ommaviy oqib kelishi tufayli tugashiga
olib keldi, bu ishlab chiquvchilarni yuqori o‘tkazish
qobiliyatli
tizimlarni yaratish va ajratilgan chastotalar spektridan samarali
foydalanish sohasida jadal tadqiqotlarni olib borishga undadi. Bu
nisbatda tamoyilial yangi qurish tuzilmaga va aloqani tashkil etilishiga
ega bo‘lgan, aynan ko‘plab bazaviy stansiyalar (BTS) yagona
tarmoqqa birlashtiradigan sotali harakatdagi aloqa tizimlari (HSAT)
eng istiqbolli deb tan olindi. Harakatlanish vaqtida abonent stansiyasi
(MS)
bitta BTSdan boshqasiga, uning komandalari bo‘yicha
avtomatik qayta ulanish bilan “estafetali uzatiladi”, bu aloqaning
uzluksizligini ta’minlaydi. HSATda ajratilgan chastotalar kanallari
bir-birlaridan zarur himoya masofasiga
ajratilgan yacheykalarda
abonentlar orqali ko‘p karrali ishlatiladi. Bunday qurish tamoyilida
aktiv chastotalar kanallari soni ortadi, bu yuqori o‘tkazish qobiliyatini
va chastotalar spektridan yanada samarali foydalanishni (Cellular
Radio Systems) ta’minlaydi