Ishchi maydonda tarmoq tugunlarini o‘rnatamiz. Hub’s (Konsentrator)
qurilmalar tipini tanlaymiz. “Ushbu tipdagi qurilmalar ro‘yxati” menyusidan aniq
konsentrator – Hub-PT ni tanlaymiz va sichqoncha bilan dasturning ishchi
maydoniga tortamiz. Keyin End Devices qurilmalar tipini tanlaymiz va qo‘shimcha
menyudan PC-PT stol kompyuterini tanlaymiz hamda uni sichqoncha bilan
dasturning ishchi maydoniga tortamiz.
Shunday qilib, yana uchta kompyuter va
bitta serverni o‘rnatamiz. Kompyuterlar va serverni konsentratorga ulash uchun
qurilmalarning yangi tipi Connections ni tanlaymiz, keyin (медный прямой) kabel
tipini tanlaymiz. Kompyuter tarmoq kartasini Hub-a porti bilan ulash uchun
zaruriy kompyuter bo‘ylab sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak. Ochilgan
grafik menyudan FastEthernet0 porti tanlanadi va ShK
dan konsentratorga kabel
tortiladi, bu yerda menyudan konsentratorning istalgan bo‘sh Fast Ethernet porti
tanlanadi. Bu holda har doim quyidagi qoidaga amal qilish tavsiya etiladi: server
uchun 0-portni, PC1 uchun 1-portni, PC2 uchun 2-portni va hakozo tanlaymiz.
Tarmoq tugunlariga IP adres va maskalarni beramiz. Buning uchun sichqonchani
ikki marta bosish orqali
zaruriy kompyuterni ochami, keyin Config
(Konfiguratsiya)-
Interface
(Interfeys)-
FastEthetnet0.
IP
Configuration
parametrlar guruhida Static kalit faollashtirilishi zarur, IP Address maydonida
kompyuterning
IP-adresi kiritiladi, maska avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Port
status – On.
Eslatmalarni hosil qilish uskunasi Place Note. Eslatmalarni hosil qilish
uskunasidan Place Note (N tugmasi) foydalanib barcha qurilmalarning IP larini,
hamda ishchi maydonning yuqori qismiga layihamizning nomini “Изучение
топологии звезда” (Yulduz topologiyasini o‘rganish) yozamiz (8-rasm).
8-rasm. Place Note uskunasidan foydalanish
Maslahat. IP adreslarni Config (Konfiguratsiya) oynasidan nusqalash kerak.
Bunda Place Note uskunasi faollashtiriladi. Eslatmalar
bilan ishchi maydonni
haddan tashqari to‘ldirib tashlamaslik uchun qurilmalar tiplari belgilarini
(yorliqlarini) olib tashlaymiz: Packet Tracer oynasining yuqori qismidagi Options
menyusini ochamiz, keyin ochilayatgan ro‘yxatdan Preferens punktini tanlaymiz,
hamda dialog oynasidan Show device model label belgisini olib tashlaymiz (9-
rasm).
9-rasm. Show device model labels bayroqchasini olib tashlash
Tarmoqning ishlashini sinab ko‘rish uchun biz kompyuterdan boshqa SHK
ga test ping signalini jo‘natamiz va Simulation rejimini yoqamiz. Event list
oynasida Edit filters tugmasi yordamida dastlab
barcha turdagi signallardan
filtrlarni tozalaymiz, keyin nazorat signali tipini o‘rnatamiz: faqat ICMP. Keyin
Event list oynasini yopamiz (10-rasm).
10-расм. Event list tugmasi
Oynaning o‘ng tarafidagi grafik menyudan (simple PDU)
ni tanlaymiz va sichqonchani bosamiz, uni SHK ga o‘rnatamiz –
signal manbasini (masalan, PC3) tanlaymiz, va keyin belgilangan tugunga (bu
server ham bo‘lishi mumkin).
tugmasini bosish orqali PDU paket
harakatini qadamma-qadam kuzatamiz (11-rasm).
11-rasm. Pakentning tarmoq bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘tishi
PDU – OSI modelining har xil darajalarida maʼlumotlar fragmentlarining
umumiy nomlanishi:
Ethernet kadr, ip-paket, udp-datagramma, tcp-segment va
hakozo.