Texnologiyalari




Download 28.34 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2019
Hajmi28.34 Kb.
#4613
1   2   3
Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.

Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan:

MOdulyator + DEModulyator = MODEM.

Ma'lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagi rasmda ko'rsatilgan:

modem


Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan bo'lib, o'zining qobig'iga ega alohida qurilmadir.

Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin.

Hozirgi kunda mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.

Informatsion sistemalar



Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondankengfoydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasawur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalardan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab

xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion sistemalar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.

Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlamiqabulqilish, uzatish, saqlash uatcdabqilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir.

Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar quyidagilar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, atama va tushunchalarni standartlashtirish, informatsion jarayon-larni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

Aloqa vositalari, dasturli ta'minot hamda kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilishi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakllari yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion sistemalar awalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.

Mavzuni mustahkamlash

1. Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

2. Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi?

3. Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi?

4. Modern nima va u nima uchun xizmat qiladi?

5. Tarmoqda server nima uchun kerak?

Uyga vazifa:

  1. Jadvaldan axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillarini guruhlarga ajratib yozing.




daftar


telefon


kompyuter


o'chirg'ich


rasm


yodlash


eshitish


qyna


rnatn


signal


magnitlash


qalam


o'qish


dastur


televizor


qo'shiq


globus


maktab


chizma


film


kinoteati


xulosa


pul


o'chirish

10-dars. AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET


Sana: 7- sinf

Darsning maqsadi

Ta`limiy : Axborotli olam muammolari va internet haqida tushuncha berish



Download 28.34 Kb.
1   2   3




Download 28.34 Kb.