|
Tez o'zgaruvchan yuklamali ei lar mavjud bo'lganda kuchlanishni rostlash usullari
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 250,7 Kb. | | #239053 |
Bog'liq Sobirjonov Sh
Tez o'zgaruvchan yuklamali EI lar mavjud bo'lganda kuchlanishni rostlash usullari
Sobirjonov Shohruh Xusan o’g’li
Farg’ona Politexnika instituti energetika fakulteti
Elektr iste'molchilari - elektr energiyasi bilan ishlaydigan qurilmalar. Bu qurilmalarga maishiy texnika, chiroqlar, kompyuterlar, telefonlar va boshqa elektron qurilmalar kiradi[1]. Elektr iste'molchidan xavfsiz foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish muhim ahamiyatga ega, chunki noto'g'ri foydalanish yoki e'tiborsizlik yong'in yoki boshqa xavfsizlik xavfiga olib kelishi mumkin. Elektr qurilmalaridan to'g'ri foydalanish orqali ulardan xavfsiz va samarali foydalana olasiz.
O'zgaruvchan yuklamali elektr istemolchilar, energiyani iste'mol qilayotgan paytda o'zgaruvchan yuklamalardan foydalanadigan va energiya sarfiyatini kamaytiradigan qurilmalardir. Bu tur istemolchilar, energetik qurilmalar bilan birga ishlaydigan va energiya taqsimoti tartibga solish uchun mahsulotni sozlashga imkoniyat beradigan smart grid[2] tizimlariga bog'liq bo'ladi. Bu turi elektr qurilmalar, energiya sarfiyatini nazorat qilish, eng muhim vaqtning quloq solishni o'rganib chiqish, sodda texnologiyalar bilan birlashtirilgan ma'lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. O'zgaruvchan yuklamali elektr istemolchilar energiya xarajatlari va shuningdek atmosferaga zararli gazlar egasi kuchaytirishni kamaytirishda muhim rol o'ynaydi.
Kuchlanishining barqarorligini faqatgina cheklangan ma’noda tushunish mumkin. Mavjud texnik yechimlarning hech biri kafolatlangan quvvat oqimlarini normal kuchlanish darajasida ushlab turolmaydi. Ideal holatda quvvat oqimining ishonchliligi tashqi buzilishlardan toʻliq himoyalangan boʻlishi kerak. Lekin amalyotda bu holatni ta’minlashda koʻplab muammolar yuzaga keladi. Ma’lumki, har qanday tugundagi kuchlanish qiymatlari doimiy ravishda oʻzgatirib turadi. GOST 13109-97 boʻyicha kuchlanish qiymatlarni 1 kV[1] gacha boʻlgan tarmoqlarda oʻzgarishi ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari keltirilgan. Bu qiymatlarni aniqlash uchun quydagi formuladan foydalaniladi[3]:
bu yerda;
- kuchlanish ogʻishining ruxsat etilgan qiymati (%);
– oʻrnatilgan nominal kuchlanish (kV);
U - tarmoqdagi kuchlanish (kV);
GOST 13109-97 boʻyicha[3] qoʻshimcha ravishda, uskunaning eng yuqori kuchlanishiga ruxsat etilgan qiymatlari mavjud. Ushbu qiymatlar elektr qurilmalari izolyatsiyasini ishonchliligi bilan belgilanadi. Chunki kuchlanishning yuqori qiymatidan oshib ketishi izolyatsiyaning tez yemirilishi va tarmoqda qisqa tutashuvlar yuz berishiga olib keladi. Agar tarmoqda 6-10 kV kuchlanishli elektr dvigatellar mavjud boʻlsa, tarmoqning maksimal kuchlanishi nominaldan 10% dan yuqori boʻlmasligi lozim.
Kuchlanishni rostlashda bir necha usullari mavjud. 0,4 kVli elektr tarmoqlarida asosan kuchlanish PBV qurilmasi orqali rostlanadi. PBV – “Переключение без возбуждения”[3] qo‘zg‘atishsiz rostovchi transformator – (QRT) deb ham yuritiladi. 1-rasmda PBVni prinspial sxemasi keltirilgan.
Kuchlanishni laboratoriya sharoitida rostlash uchun PBV qurilmasidan foydalandik. Birinchi holat uchun PBV qurilmasi netral rejimda ya’ni 0 xolatida tekshirildi. Bunda aktiv qarshilik R=1000 Om, induktiv qarshilik L=1 Hn olindi. Tarmoqqa kiruvchi nominal kuchlanishi = =228 V, kiruvchi toki = =0,075 A ni tashkil qildi.
Xulosa: Kuchlanish ogʻishi yuklamaning ortishi bilan bogʻliq holat ekanligini yuqoridagi ma’lumotlar orqali taxlil qildik. Elektr tarmoqlari qish mavsumida kuchlanish ogʻishi koʻplab kuzatiladi. Tarmoqning kiruvchi kuchlanishi Ukir=228 V ni, isteʻmolchi qabul qilgan chiquvchi kuchlanishi Uchiq=207 V ni tashkil qildi. Bu olingan natijamizning ogʻish koʻrsatgichi 10% ni tashkil etsa, GOST 13109-97 boʻyicha 0,4 kVli elektr tarmoqlari uchun nostandart qiymat xisoblanadi va bu elektr energiyasining sifat koʻrsatgichiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Farg’ona Politexnika instituti ilmiy texnik jurnali (Energetika, elektrotexnika, elektron qurilmalar va axborot texnologiyalari)
ChatGPT AI ma’lumotlar ombori
https://e-library.namdu.uz
|
| |