Abstract:
In this article, the factors that serve to increase the effectiveness of
education and the ways to improve the skills of pedagogic personnel, as well as the
extensive creative work organized in educational institutions, are put forward.
Every activity aimed at developing the mind of preschool children has a great
impact on the development of the child's mind. This requires an innovative
approach to educational processes from pedagogues.
Key words:
Educational effectiveness, method, pedagogical personnel, methods,
quality of education, quality of teaching, information, technology, activity.
Ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimini to'la
boshqarish tizimlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish - davlat ta'limi siyosati,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof
etilmoqda.
Ta'lim sifati ustuvorligi ta'lim siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha
ta’lim tashkilotidan boshlab, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning
samarali mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb qilib qo'yadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, unda "komil inson"
asoslarini shakllanishi va yuzaga kelish davri - noyob davr deb belgilanganligi
tufayli maktabgacha ta'lim, ayniqsa muhim rol o'ynaydi.
Sifat darajasini e'tirof etish va uni hayotning barcha sohalariga, jumladan,
ayniqsa, inson va jamiyat bo'lg'usi hayotiy faoliyatining qiyofasini belgilovchi va
shakllantiruvchi ta'lim sohasiga singdirish inson hamjamiyatining zamonaviy
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
3 | 10
taraqqiyotiga xosdir. Shu nuqtai nazardan ta'lim "madaniyatli inson" yoki
sivilizatsiya va aynan jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida ijtimoiy-
madaniy me'yorlarga javob beruvchi inson shakllanishini ta'minlovchi madaniy-
ijodiy
vazifani
zimmasiga
oluvchi
umummadaniy
qadriyat
sifatida
(B.S.Gershunskiy, E.N.Gusinskiy, B.T.Lixachev, E.Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov,
A.I.Subetto va boshqalar) gavdalanadi. Shu jihatdan ta'limni "kvalitetizatsiya"
(lotincha qualiyas - sifati) bo'lg'usi, zamonaning muhim ijtimoiy jarayonlari
dinamikasini, shu jumladan, shaxs rivojlanishi ustuvorligiga sabab bo'luvchi
zaruriyat (E.Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov), jamiyatining "barqaror rivojlanishi"
modeliga o'tish jarayonini ta'minlashga qodir insonni shakllantirishni yuzaga
keltiruvchi hal qiluvchi omil sifatida qaraladi.
Ta'lim sifati muammosi umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
va oliy ta'limga muvofiq nazariy tahlil qilingan bo'lib (R.Sh.Axlidinov,
N.I.Bulinskiy,
U.I.Inoyatov,
V.A.Kalney,
Sh.E.Kurbanov,
V.P.Panasyuk,
M.M.Potashnik, X.F.Rashidov, E.A.Seytxalilov, N.A.Selezneva, A.I.Subetto,
U.Q.Tolipov, P.I.Tretyakov, S.T.Turg'unov, T.I.Shamova, S.E.Shishov va
boshqalar tomonidan) bunday boshqaruv, uning texnologiyalarining nazariy,
tashkiliy-metodik asoslari ishlab chiqqan.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoitida ta'lim sifati va samaradorligini
takomillashtirishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning ba`zaviy
komponentlarining o'ziga singdirish jiddiy nazariy eksperimental tadqiqotlarga
muhtoj.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish,
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
4 | 10
intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni
chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni
tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr
talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv
mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi
isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy
o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4
yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim
muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”,
1
-
deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi
farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda
respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l
1
Ш. Мирзиёев “Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир” 2 –
жилд. Т.: “Ўзбекистон”НМИУ,2018.
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
5 | 10
xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va
qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz
rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul
qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni
bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga
oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy
yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kuzatildi.
2019 yilning 8-mayda Prezidentimiz qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi
maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Bu har bir shahar va tuman kesimida MTTlar soni, bolalarni maktabgacha taʼlim
bilan qamrab olish boʻyicha aniq koʻrsatkichlarni belgilab bergan birinchi
hujjatdir. Jumladan, unda Maktabgacha taʼlim vazirligi MTTlar quvvatini oshirib
borishi belgilangan. Aniqroq aytadigan boʻlsak, 2021-yilga borib yangi bogʻchalar
ochish, davlat-xususiy sheriklik asosida hamda chekka hududlar uchun dolzarb
boʻlgan maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini tashkil etish hisobiga ulardagi
oʻrinlar soni 56,8 foizgacha koʻpaytiriladi. 2030-yilda esa bu raqamni 132,3 foizga
yetkazish kutilmoqda. Ayni shu davrda bolalarning MTTlarga qamrab olish
koʻrsatkichini 80,8 foizgacha oshirish koʻzda tutilgan. Qayd etilishicha, hozirda
MTTlarda ishlovchi pedagoglarning 31 foizigina oliy maʼlumotli. Bu ogʻriqli
muammo yechimi ustida ham jiddiy ish olib borilmoqda. Jumladan, vazirlik
taklifiga asosan davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-iyundagi “2019/2020 oʻquv
yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorida maktabgacha
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
6 | 10
taʼlim muassasalariga zarur kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor
qaratilgan. Unga muvofiq, ayni maqsadda magistratura, bakalavr bosqichining
kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllariga jami 6400 dan ziyod kvota
ajratildi.Maktabgacha ta’lim fakultetlari, kafedralari alohida faoliyat yuritilishi
berilayotgan e’tibor natijasidir.
Ta'lim jarayonining sifati uning mazmunining, shakl va usullarining sifati,
uning ishtirokchilarining o'zaro hamjihatligi bilan ta'minlanadi.
Resurs ta'minoti jarayonining sifati kadrlar, moliya-iqtisodiy, dasturiy-
uslubiy, ruhiy, sanitariya-gigiyenik va tibbiy sog'lomlashtirish, ijtimoiy-pedagogik
resurslar va shart- sharoitlarning sifatidan tarkib topadi.
Natijalarning sifati bolalarning salomatligi holati, bolalarning shaxsiy
yutuqlari, pedagoglarning shaxsiy kasbiy yutuqlari, maktabgacha ta’lim
tashkilotining yutuqlari kabi elementlarni o'z ichiga oladi.
MTTda bolalar faoliyatini tashkil etish jarayoni, tizimli sifatning barcha
xususiyatlarini va tavsiflarini umumlashgan holda o'zida tashuvchi maktabgacha
ta'lim sifatining tizim hosil qiluvchi birligi hisoblanadi. Bolalar faoliyatining
muayyan turlarini shakllantirish jarayonlari sifatining jami bolalarni rivojlantirish
jarayonlarining u yoki bu sifatini shakllantiradi (jismoniy, ijtimoiy, bilim olish,
badiiy-estetik), ulardan o'z navbatida ham alohida olingan yosh guruhi, ham butun
maktabgacha ta’lim tashkiloti yaxlit ta'lim jarayonining sifati hosil bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'minlaydigan ta'limning sifat holati doimiy
hisoblanmaydi: u yangi xususiyatlarning paydo bo'lishiga qarab o'zgaradi. Tashqi
va ichki omillardan kelib chiquvchi tashqi va ichki hamjihatlik ularning paydo
bo'lishining manbai hisoblanadi. Shu sababli maktabgacha ta'lim sifati jarayon va
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
7 | 10
natijaning, haqiqiy va potensial, ichki va tashqi sifatning birligi sifatida namoyon
bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim sifati - natija haqida bola shaxsini rivojlantirish nuqtai
nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so'z
yuritish mumkin:
tizimli tabaqalanadigan malakalilik:
til malakasi, bolaning o'z fikrlari, istaklari va niyatlarini nutq vositasida va
nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi;
ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning o'ziga
xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi
o'zgarishlarni payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o'z ichiga
oladi;
intellektual malaka, o'z maqsadiga erishish uchun bolaga yangi xatti-
harakatlarini ijro etishga va ularni bajarishga yordam beruvchi umumiy
intellektual faoliyatni shakllanganligini nazarda tutadi;
jismoniy malaka, bolaning o'z yosh darajasiga mos keluvchi turli harakat
turlarini egallaganligini ko'rsatadi;
ixtiyorivlik- bola tomonidan qoidalar va me'yorlarga muvofiq o'z xatti-
harakatini boshqarish ko'nikmasida namoyon bo'ladi;
mustaqillik- kundalik hayotda va ishda paydo bo'ladigan turli vazifalarni bola
tomonidan kattalarning yordamisiz mustaqil kun tartibiga qo'yish va hal qilishni
ta'minlaydi;
mas'uliyat- "mumkin" va "mumkin emas", "yaxshi" va "yomon", "xohlayman"
va "kerak" o'rtasida tanlov vaziyatida paydo bo'ladi;
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
8 | 10
tashabbuskorlik- bolaning o'z istaklariga javob beruvchi o'yinlarni, samarali
faoliyat turlarini tashkil etishga urinishda va ularga o'z tengdoshlarini jalb qilish
mahoratida ifodalanadi;
ijodkorlik- ish jarayonida paydo bo'ladigan hamda o'z originalligi va variativligi
bilan ajralib turuvchi yangi mahsulot yaratishda namoyon bo'ladigan turli
muammolarni ijodiy hal qilishga bolaning layoqatini ko'rsatadi;
xatti-harakat erkinligi- bolaning ijtimoiy qabul qilingan qoidalar va taqiqlarga
rioya qilishini taqozo etuvchi harakat va faoliyat yo'nalishi, ular o'rtasida
quyidagi to'rttasi eng muhim hisoblanadi: o'zgaga, o'zingga, tabiatga, boshqa
odamlar yasagan narsalarga ziyon yetkazma;
xavfsizlik- bolada o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini his qilish va ko'ra bilish
layoqati borligi bilan tavsiflanadi, bu unda me'yor, ehtiyotkorlik tuyg'ularining
shakllanishi bilan bog'liq;
o'z-o'zini anglash va o'zini baholash- bolada o'z timsolini shakllantirishda,
kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarda o'z o'rnini anglashda, o'z
imkoniyatlarini baholashda, hali ko'p o'qish kerakhgini tushunishda namoyon
bo'ladi. Bu shaxsning asosiy tavsiflari tizimi - maktab yoshigacha bolaning
asosiy rivojlanish dasturi konsepsiyasida taqdim etilgan. Maktabgacha ta'lim
sifatiga ta'sir qiluvchi tashqi muhit omillariga ijtimoiy buyurtmali maqsadlardan
tashqari maktabgacha ta'limga sifatli ishni moddiy rag'batlantirish tizimining
mavjudligi;
madaniy tajribani tashuvchi sifatida sifat uchun mas'uliyatni pedagogga berish;
maktabgacha ta'limda innovatsion tizimlar bankini yaratish;
oilaning ta'lim ehtiyojlariga va talablariga qarab yo'nalish olishi;
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
9 | 10
ta'lim jarayonining holatini muntazam jamoada muhokama qilishni tashkil qilish
va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Omillar va shart-sharoitlar o'rtasida o'zaro aloqa mavjud. Sharoitlar
omillarning imkoniyatlari paydo bo'lishiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli
maktabgacha ta'limning sifatini oshirish omillari va sharoitlarining garmonik
uyg'unligini ta'minlash o'ta muhimdir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini
ta'minlashga yo'naltirilgan prinsiplarga quyidagilar kiradi:
barcha asosiy yo'llar bo'yicha bolaning to'laqonli rivojlanishini ta'minlash
prinsipi;
bolaning yosh va shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun maktabgacha
ta'limning o'zini-o'zi qoplashi prinsipi;
ta'lim jarayonini amaliy tashkil etish prinsipi, u yetakchi va o'ziga xos bolalar
faoliyat turlarining o'zaro bog'liqligiga, bola rivojlanishining amaliy asoslarini
predmetli boyitishni taqozo qiluvchi zaruratga asoslanadi;
Maktabgacha ta'limning shaxsga qaratilganlik tavsifi bola tomonidan ijtimoiy-
madaniy tajribani ijodiy "o'zlashtirishni" ta'minlash prinsipi, u ijodiy faoliyatni
shakllantirish vositalarini "ishga solishni" nazarda tutadi; ularni amalga oshirish
maqsadlari va vositalarining birligi prinsipi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'lumot olishiga davlat belgilaydigan
me'yorlar va talablar sifati ularning jamiyat ijtimoiy- madaniy ehtiyojlariga
mosligi, shuningdek, ularning bolani rivojlantirishning to'laqonligi va yaxlitligini
ta'minlash bilan birga maktabgacha ta'lim bolalikning o'z mohiyatini saqlashga
yo'naltirilganligi bilan aniqlanadi.
THE PROGRESS OF SCIENCE JOURNAL
P a g e
10 | 10
|