|
This is the demo version of pdf-to-Word. It replaces random characters in the destination document with asterisks. Click the link below to order full version
|
bet | 55/82 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #146777 |
Bog'liq 19.Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat korsatish3.1. Kompyuterni ishga tayyorlash
BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo'lib, motherboard(materinskaya plata)da alohida chip sifatida
ishlaydi
VІOЅ haqida boshlang'ich ma'lumotlar
VІOЅ haqida boshlang'ich ma'lumotlar
Bu chipning vazifasi kompyuter va operasion tizimni bir-biriga bog'lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operasion tizim yuklanuvchi fayliga (dasturiga) o'z ishini beradi (NTLDR, bootmgr).
Kompyuter ishlatilganda har хil yozuvlar va tovushning chiqishi,
ROM(Read Only Memory) хоtirada yozilgan BIOS'ning ishi. BIOS
(Asosiy Kirish Chiqish tizimi) -
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
- kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang'ich
holatga keltirish;
- kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi
(POST-test);
- kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga
oshiradi;
- tizim resurslarini taqsimlaydi;
- PCI qurilmalarini ro'yxatdan o'tkazish va sozlash;
- operasion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi
(bootmgr);
- qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
112
- elektr ta'minotini boshqarish, kompyuterni o'chirish, uxlash
holatiga o'tkazish.
BIOSni to'g'ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o'rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar'lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo'llanma qilishning iloji yo'q, lekin asosi baribir bir xil. Prosessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo'shimcha qiyinchiliklar tug'dirmoqda.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
- American Megatrends (AMI);
- Award Software;
- Phoenix Technologies.
BIOS turiga qarab, uning ko'rinishi ham o'zgarib boradi, uning
turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.
Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini eng ommalashgan turi misolida ko'rsatamiz. Tushunarli bo'lishi uchun BIOSning ba'zi versiyalarini ko'rsatib o'tamiz.
AWARD + PHOENIX birgalikda ishlashgan, zamonaviy platalarda shunaqa.
BIOS versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operasion tizim orqali quyidagicha ko'rish mumkin: Пуск -> Выполнить -> msinfo32. Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o'rnatilgan BIOS haqida ma'lumot olishingiz mumkin bo'ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
This is the demo version of pdf-to-Word. It replaces random characters in the destination document with asterisks. Click the link below to order full version
|