Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari




Download 273 Kb.
bet7/20
Sana01.12.2023
Hajmi273 Kb.
#109414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Журнал №8(99), Manaviyat va falsafa 1, Akademik litseylar talabalariga “Bulutli texnologiyalar bilan ishlash ” laboratoriya ishi ko‘nikmalarini shakllantirish va interaktiv usullarini qo‘llash metodikasi., Rossiya iqtisodiy geografiyasi, МОЁ ХОББИ ПАССИВНОЕ И АКТИВНОЕ УВЛЕЧЕНИЕ, ЗДОРОВЫЙ ОБРАЗ ЖИЗНИ ГАРАНТИИ ДОЛГОЛЕТИ1, ЖИЗНЬ И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ Д.МЕНДЕЛЕЕВА, 1-laboratoriya ishi (1), 2-laboratoriya ishi (1), Diskret tuzilmalar fanidan oraliq nazorat test topshirig\'i-fayllar.org, asd, MAQOLAAAAAAAAAA, maqollaaa, ДАСТУР ЛОЙИҲА 2-гуруҳ
Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi.
Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan O‘zbekiston Respublikasi oldida inflyasiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta va savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir mustaxkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rgan holda – davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo‘lmoqda. SHu tarzda davlat islohotlarining murakkab bosqichlarida islohotlarni ancha oshirishga qodir bo‘lgan etakchi kuch ekanligini ko‘rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator maxsus davlat organlarini tashqil etish yo‘li bilan islohotlarni tartibga solishni amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining ”Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Bojxona Qo‘mitalaridir. Ularni har biri o‘z vazifa va funksiyalarga egadir. Vakolatli banklar esa valyuta nazorati agentlari hisoblanadi.

Download 273 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 273 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari

Download 273 Kb.