|
Tikuvchilik materiallarining mexanik xossalari
|
bet | 3/4 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #150491 |
Bog'liq Akbarova Nargiza TaqdimotTrikotaj matodan ayollar sport uslubidagi kiyimining mayda bo’laklari tayyor holatga keltirilgandan so’ng kiyimni yig’ish ishlari olib boriladi. (ya’ni kiyimni tayyor xalatga keltirish). Avval old, ort bo’laklarining yelka va yon qirqimlari birlashtirilib tikiladi. Bunda old va ort bo’laklar o’ngini o’ngiga qo’yib yelka qirqim ziylari bir-biriga to’g’rilab olinadi va to’g’ri sirma qaviq (vaqtinchalik) bilan ko’klanadi. So’ngra yon qirqim ziylari ham to’g’rilanib, bel kertimlari bir-biriga moslanib, to’g’nog’ich to’g’nab, to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi va to’g’nog’ichlar olib tashlanadi. To’g’ri ko’klanganligi tekshirib olinadi va universal mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi. - Trikotaj matodan ayollar sport uslubidagi kiyimining mayda bo’laklari tayyor holatga keltirilgandan so’ng kiyimni yig’ish ishlari olib boriladi. (ya’ni kiyimni tayyor xalatga keltirish). Avval old, ort bo’laklarining yelka va yon qirqimlari birlashtirilib tikiladi. Bunda old va ort bo’laklar o’ngini o’ngiga qo’yib yelka qirqim ziylari bir-biriga to’g’rilab olinadi va to’g’ri sirma qaviq (vaqtinchalik) bilan ko’klanadi. So’ngra yon qirqim ziylari ham to’g’rilanib, bel kertimlari bir-biriga moslanib, to’g’nog’ich to’g’nab, to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi va to’g’nog’ichlar olib tashlanadi. To’g’ri ko’klanganligi tekshirib olinadi va universal mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi.
- Vaqtinchalik ko’klangan iplar olib tashlanadi va chok haqqilari bir tomonga yotqizib dazmollanadi va chok haqqi ziylari yo’rmalanadi.
- Engni yeng o’miziga ichkariga kirgizib o’ngini o’ngiga qo’yib, kertimlarini bir-biriga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va yeng tomondan to’g’ri sirma qaviqlar bilan ko’klanadi. Yengdagi eng ko’p salqi qiyama qismida bo’lib, deyarli salqi hosil qilmay ko’klab o’tkaziladi va to’g’nog’ichlar olib tashlanadi.
- So’ngra mashinada salqilar bir tekisda taxlama hosil qilmay tikiladi. Qo’lda ko’klangan iplar olib tashlanadi, keyin salqilar kirishtirilib dazmollanadi. Yeng o’tkazilgan chok yo’rmalanadi.
- Shim – ayollar sport uslubidagi kiyimining zarur elementidir. Shimning figuraga taxminan moslashtirib bichiladigan turli xillari mavjud: uzun, kaltaroq, manjetli, jiyakli, kengroq, shim usulida bichiladigan. Shim sport uslubda, uzunligi to’piqqacha, manjetli, manjetsiz bo’ladi. Model tasvirlangan va uni bichish texnologiyasi keltirilgan. Tikishni boshlashdan avval shim bo’laklarini tekshirib olamiz.
- Avval odim qirqimini tikib olamiz so’ngra shim o’rta chizig’i bo’yicha biriktirib olinadi. tayyorlab olingan manjetni shim pastki qirqimiga ulanadi. Cho’ziladigan tasma o’tkaziladigan qirqimi yopiq qirqim bukma chok bilan tikiladi va tasma o’tqaziladi. Shimga oxirgi ishlov berishda shim ortiqcha iplardan tozalanadi va o’ngi tomonidan yana dazmollanadi.
- Tayyor bo’lgan kiyimga oxirgi ishlov NIIB ishlari bajariladi.
|
| |