• Gandbol o‘yini taktikasi
  • Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan




    Download 1,4 Mb.
    bet5/18
    Sana15.02.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #157108
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Ganbol
    Bolalar va o’smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorlov guru-fayllar.org, Pedagokika
    To‘p bilan harakatlar: Darvozabon ushlagan to‘pni jamoadosh hujumchi va himoyachiga uzun va qisqa masofa bo‘ylab uzatishi mumkin. U maydonda o‘yinchi sifatida harakatlanishiga ham ruxsat etiladi.
    Darvozaboning himoyadagi harakatlari: To‘pni ushlash, to‘sish, uchun joy tanlash darvozaboning muhim harakatlaridan hisoblanadi. U to‘g‘ri joy tanlashi bilan hujumchini darvozaga to‘p otishini qiyinlashtirishi, darvozaga to‘p kirish burchaklarini kichaytirishga erishadi. Darvozabon o‘yin davomida aldov harakatlari-Fintlar qo‘llashi mumkin. Ular hujumchini chalg‘itishda katta rol o‘ynaydi. Joy tanlashda aldov harakatini qo‘llash bilan hujumchini darvozabon o‘zi xoxlagan tamonga to‘p otishga majbur qilib qo‘yadi. Tezkor va chaqqonligi yuqori darajada takomillashgan darvozabonlar hujumchi oldida erkin holatda turib uni xoxlagan tomonga to‘p otishi to‘sqinlik qilmaydi. Shunga qaramay darvozabon bu to‘plarni chaqqonlik bilan to‘sib qoladi. Darvozabon jamoa bilan o‘yin davomida g‘alaba erishiga o‘z hisasini qo‘shishi mumkin. Ya’ni darvoza daxilsizligini taminlash, tezkor hujum uyushtirish, 9 mli erkin to‘p otishda himoya to‘sig‘ini tashkil etish, himoyadagi o‘yinchilarga tavsiya va ko‘rsatmalar berish. Darvozabon qarshi hujum va tezkor hujumni tashkil etuvchi bosh bo‘g‘in hisoblanib u maydonni yaxshi ko‘ra bilishi, erkin holdagi hujumchilarga o‘z vaqtida to‘p uzatishi kerak.
    Gandbol o‘yini taktikasi o‘yinchilarni o‘zaro muvofiq holda g‘alabaga erishish uchun texnik harakatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarishi demakdir. Gandbol o‘yin taktikasi o‘yinchi taktikasiga va darvozabon taktikasiga bo‘linadi. Shuningdek himoya va hujum taktikalari mavjud. Taktik haraktlarda o‘yinchilarni ishtirok etish soniga hamda tuzilgan harakatlar majmuiga qarab shaxsiy taktika, guruh va jamoa taktikalari mavjud bo‘ladi. Taktikada yakka harakatlar o‘yinchining g‘alabaga erishish uchun qiladigan yakka harakatlaridan iboratdir. –darvozaga hujum, yakka holda aldov harakatlari.
    Guruh harakatlari ikki va undan ortiq o‘yinchilarni taktik harakatlarni o‘zaro kelishgan holda bajarishlaridir. Jamoa harakatlari hujumning barcha jamoa a’zolari o‘zaro muvofiq holda olib borishi hisoblanadi.

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan

    Download 1,4 Mb.