|
- MAVZU: Visual C++ muhitida dasturlash
|
bet | 84/131 | Sana | 16.06.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #264063 |
Bog'liq Tiplarni dinamik tarzda9- MAVZU: Visual C++ muhitida dasturlash.
Reja:
Visual C++ muhitida dasturlash.
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish
Visual C++ muhitida menyular va uskunalar paneli.
Form xususiyatlari va hodisalari
Kalit so‘zlar: IDE, Visual C++, user interface, OYD, .NET, (plug-ins, add-ins, add- ons, abstrakt Windows Toolkit (AWT), MSDN, Visual Studio Interdev-ASP (Active Server Pages), GUI, ilova, loyiha, Windows Forms application, .NET Framework, Buyruqlar va asboblar paneli, Form xususiyatlari, hodisalari, MessageBox.
Bugungi kunda dasturlash muhitlari va turlari ko‘payib bormoqda. Shu vaqtgacha console rejimda dasturlashni o‘rgangan bo‘lsangiz kerak. Ammo so‘ngi
35 yil ichida foydalanuvchilarga oynali dasturlash muhitlarida foydalanib kelinmoqda. Bunday dasturlarni yaratish uchun dasturlashning barcha nazariy asoslariga tayanib, foydalanuvchi uchun qulay vizual dasturlash muhitlari yaratilgan. Ularda birinchi navbatda foydalanuvchining UI (user interface) yoki dasturning foydalanuvchi bilan muloqot oynasi loyihalashtiriladi. Buning uchun tayyor sinflar (komponetalar) mavjud bo‘lib, ularning xususiyatlar, funksiyalari va hodisalari bilan ishlashsh juda qulay qilib, vizual foydalanish mumkin. Vizual foydalanish degani ko‘rib turib ishlatish degan maʻnoni beradi. Bu Vizual dasturlash bo‘yicha ilk maʻlumotlarni keltiramiz. Deyarli barcha dasturlash tillari uchun vizual dasturlash muhitlari mavjud.
Visual C++ muhitida dasturlash. Dastaval integrallashgan ishlab chiqarish muhitining ilovalari tushunchasi, uning model xususiyatlari, rivojlanish tarixi, ularning eng ko‘p ishlatilganlari bilan tanishish lozim.
Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (Integrated development environment - IDE) - dasturni ishlab chiqish hayot siklining barcha asosiy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi umumiy interaktiv grafik qobig‘iga ega bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqish va tekshirish vositalari majmui, dastur matnini (kod) yozish va tahrirlash, kompilyatsiya, bajarish, xatolarni tuzatish, profilaktika va boshqalarni bajarish imkoniyati beradi.
Integrallashgan muhitdan foydalanish dastur ishlab chiqishning mumkin bo‘lgan yondashuvlaridan biridir. Shu bilan bir qatorda, UNIX tizimining oldingi anʻanaviy yondashuvi, funksionallik bilan bog‘liq bo‘lgan vositalar (toolkit, toolbox) to‘plamidan foydalanishga asoslangan, lekin Integral interaktiv muhitga va baʻzan (UNIX tizimining dastlabki versiyalarida) buyruq satri rejimida (buyruq satri interfeysi) amalga oshirilgan. Albatta, Integrallashgan muhitdan foydalanish ishlab chiquvchi uchun ancha qulay bo‘lib, u 1980-yillardan boshlab Integrallashgan muhitlarning jadal rivojlanishi va turli tumanligini izohlaydi.
Birinchi integrallashgan muhitlardan biri borlandning Turbo Paskalidir, 1980-yillar o‘rtalarida Niklaus Wirth va uning talabasi Filip Kahn tomonidan ishlab chiqilgan.
Microsoft zamonaviy integrallashgan muhitning eng yaxshi namunalaridan bo‘lgan Visual Studio ni yaratish va rivojlantirish orqali Integrallashgan muhitlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning yangi versiyasi juda ko‘p va oxirgisi, Visual Studio 2019, amma keyinchalik Visual Studio 2012 muhitida C++ tilidan foydalanamiz.
|
| |