Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar




Download 346,18 Kb.
bet4/6
Sana15.05.2024
Hajmi346,18 Kb.
#236340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tishli uzatmalar

Konussimon tishli uzatmalarda o‘qlari o‘zaro burchak ostida joylashgan bo‘lib, ko‘pincha bu burchaklar Σ=90teng bo‘ladi. Bu uzatmalarni silindrsimon uzatmalarga nisbatan tayyorlash qiyin, g‘ildirak tishini kesish uchun maxsus stanoklar ishlatiladi, bunda g‘ildirak tishlari to‘g‘ri, qiya, aylanasimon shaklda bo‘lishi mumkin. Konussimon uzatmalarda val o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan kuchning qiymatini nisbatan kattaligi, ilashishda tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning notekis taqsimlanishi natijasida qo‘shimcha dinamik kuchlarning hosil bo‘lishi bu uzatmalarning asosiy kamchiligidir. Biroq, mashinalarda kesishgan vallarni ishlatish zaruriyati tug‘iladi, shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramay, konussimon tishli g‘ildiraklardan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Konussimon tishli g‘ildirak tishlarining qiyalik burchagi aylanasimon tishli g‘ildiraklar uchun βm=350, tangensial tishli g‘ildiraklar uchun 200-30olish tavsiya etiladi. Bunda, qanchalik burchak qiymati katta bo‘lsa, uzatma shunchalik tekis va ravon ishlaydi, biroq bo‘ylama kuchning qiymati ham oshadi.
Ishlash jarayonida harakatning yo‘nalishini o‘zgartirish zarur bo‘lgan hollarda chervyakli uzatmalar ishlatiladi.

  1. Planetar mexanizmlar

Bu uzatmalarning planetar yoki satellitli deyilishiga sabab, uzatmadagi tishli g‘ildiraklarning harakati planetalar harakatiga o‘xshash (7.2-rasm). Bu g‘ildiraklarning o‘qlari qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Planetar uzatma tashqi tishli markaziy g‘ildirak 1, ichki tishli markaziy g‘ildirak 3 dan, Vodilo H va satellitlar 2 dan tashkil topgan. Satellitlar o‘z o‘qi atrofida va o‘qi bilan markaziy g‘ildirak atrofida aylanadi. Ya’ni sayyoralar harakatiga o‘xshash harakat bajariladi.
Qo‘zg‘almas g‘ildirak 3 da harakat markaziy g‘ildirak 1 dan vodilo H ga uzatilishi mumkin yoki vodilodan 1 ga. Qo‘zg‘almas vodilo H da – 1 dan 3 ga yoki 3 dan 1 ga harakat uzatilishi mumkin.
Barcha erkin bo‘g‘inlarda bir harakatni ikkiga ajratish (3 dan 1 va H ga) yoki ikki harakatni bittaga birlashtirish (1 va H dan 3 ga) mumkin. Bunday holatda uzatma differensial deb ataladi.

Uning ishlash prinsipi quyidagicha: zb tojli g‘ildirakning qo‘zg‘almas holida (ωb = 0) za quyosh tishli g‘ildirakning aylanishi (ωa) satellit zning o‘z o‘qi atrofida ωtezlik bilan aylanishiga olib keladi. Satellitlarning zb tojli g‘ildirak bo‘yicha tebranma harakati uning o‘qini harakatlantiradi va vodiloning ωtezlik bilan aylanishini ta’minlaydi. Satellit vodiloga nisbatan ω tezlik bilan aylanma harakat qiladi.

Download 346,18 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 346,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar

Download 346,18 Kb.