• Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar. Tishli uzatmalar
  • Kamchiliklari: Bir pog‘onada uzatish sonining qiymati chegaralangan bo‘lib u max – 12,5
  • Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar




    Download 346,18 Kb.
    bet3/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi346,18 Kb.
    #236340
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Tishli uzatmalar

    Tishli g‘ildirak turlari.
    Tishlarning g‘ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli g‘ildiraklar;

    • To‘g‘ri

    • Qiya

    • Shevron

    • Aylanasimon turlariga bo‘linadi.

    G‘ildirak tishlari shakliga ko‘ra;

    • Evolventali, (L. Eyler ixtiro qilgan);

    • Nuqtaviy (M.L. Novikov ixtiro qilgan);

    • Sikloid ilashish bilan ishlaydigan turlarga bo‘linadi.

    Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar.
    Tishli uzatmalar boshqa xil uzatmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
    – Uzatmaning tezligi 150 m/s gacha bo‘lib, uzatiladigan quvvat 50000 kVt gacha yetishi mumkin;
    – Uzatish sonining doimiyligi;
    – Tashqi o‘lchamlari bir muncha kichik; (Friksion, zanjirli va tasmali uzatmalarga nisbatan)
    – Tayanchlarga tushadigan kuch nisbatan kichik, FIK qiymati yuqori 0,97-0,98; 
    – Uzatish soniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sirpanish hodisasi bo‘lmaydi;
    Ishda ishonchli, chidamligi katta; (Umumiy ishlatiladigan reduktorlar uchun ~30000 soat);
    – Uzatma g‘ildiraklarini har xil metall, metallmas materiallardan tayyorlash mumkin.
    Kamchiliklari:

    • Bir pog‘onada uzatish sonining qiymati chegaralangan bo‘lib umax – 12,5 gacha bo‘lishi mumkinligi,

    • Tayyorlashi nisbatan murakkabligi;

    • Katta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqarish;

    • Yuqori aniqlikdagi tishli g‘ildiraklami tayyorlash va o‘rnatishning qiyinligi mazkur uzatmaning kamchiligi

    • Uzatmani noto‘g‘ri ishlab chiqarish va noto‘g‘ri yig‘ish natijasida paydo bo‘ladigan tebranishlarning mavjudligi.

    Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan mashinasozlik va asbobsozlik sanoatida asosan tishli uzatmalar ishlatiladi. Yuqorida qayd etilgan uzatmalardan eng ko‘p tarqalgani to‘g‘ri va qiya tishli silindrsimon uzatmalar, chunki bu uzatmalar ishda ishonchli, tashqi o‘chamlari kichik, tayyorlash nisbatan yengil.
    Yetaklovchi qiya tishli g‘ildirak uchun aylanishga urinma teskari shaklda yo‘nalgan. Yetaklanuvchi g‘ildirak uchun aylana tomon yo‘nalgan. Qiya tishli silindrsimon uzatmalarni bu kamchiliklari shevron tishli silindrsimon uzatmalarda bartaraf etilgan. Tayanchlarda o‘rnatilgan podshipniklarga tushadigan kuchlarni kamaytiris uchun qiya tishli uzatmalarda qiyalik burchagi β=20gacha shevron tishli uzatmalarda β=40gacha chegaralash tavsiya etiladi.

    Download 346,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 346,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar

    Download 346,18 Kb.