Apparat-dasturiy parallelizm




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

10.2. Apparat-dasturiy parallelizm 
SP arxitekturasida hisoblash samaradorligini oshirish uchun parallel ishlov 
berish usullaridan keng foydalaniladi. Odatda arxitekturani tuzish uchun uchta usul 
qo‘llaniladi [25]: 
− SIMD arxitekturasi (Single Instruction Multiple Data); 
− VLIW arxitekturasi (Very Long Instruction Word); 
− superskalyar ishlov berish. 
SIMD arxitekturasi bitta buyruq yordamida bajariladigan matematik 
amallarning sonini oshirishga imkon yaratadi. SIMD sinfiga parallel ravishda, ammo 
bir xil turda ishlov beriladigan ma’lumotlar elementlari tegishli. Bu vaziyatda 
umumiy buyruq protsessorlag translyatsiya uchun uzatiladi (oddiy holatda AMQ), 
protsessorlarning har biri o‘ziga tegishli ma’lumotlarga ishlov beradi. Bunday 
arxitektura ishlov berilayotgan ma’lumotlarning formatlari o‘zgarishi bilan, zarur 
operatsion bloklarning sonini oshirishi mumkin (masalan, 16 bitli 4 ta songa ishlov 
berish yoki 32 bitdan 2 ta songa). SIMD arxitekturasi uchun mo‘ljallangan bu kabi 
operatsion blok 10.6-rasmda ko‘rsatilgan. Bu TigerSHARC protsessorining 
elementi. Bu element 16x16 bit formatli to‘rtta ko‘paytirish/jamlash 
(ko‘pay/jamlash) amallarini bir vaqt birligida bajarishi mumkin. Protsessor ikkita 
«A» va «B» operatsion bloklarga ega. Operatsion bloklarning kirishiga ikkita 64-
bitli sonlar ma’lumotlar shinasidan uzatiladi. To‘rtta ko‘paytirgichlardan har biri 
ikkita 16-bitli kirish va bitta 32-bitli natija registriga ega (10.6-rasm).


151 
10.6-rasm. To‘rtta amalning bir vaqtda bajarilishi 
Bunday ishlov berishni tashkil qilish usuli keng qo‘llaniladigan sistologik 
protsessorlarida ishlatiladi. Sistologik protsessorlar Fure-tahlil tez o‘zgartirishlar 
algoritmlarini amalga oshirish uchun ishltiladi. Sistologik protsessorlardan tashqari 
SIMD-arxitekturasi vektorli va matritsali protsessorlarda qo‘llanadi. Bu 
protsessorlarda vektorlar va matritsalar bilan tezlashtirilgan yoki tezkor amallar 
bajariladi.
SIMD-arxitekturasi deyarli barcha zamonaviy SP modellarida amalga 
oshirilgan: DSP1600, TMS320S62, ADSP-TS001. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish