166
xotirasi kabi foydalanish mumkin. Operativ xotiradan tashqari 16 tadan razryadli
128 Kso‘zgacha hajmga ega Flash-PZU bor. Protsessor yadrosining unumdorligi
takt chastotasi 150 MGs bo‘lganida 150 MIPS ni tashkil etadi [18].
C28x oilasi 12 razryadli 16 kanalga mo‘ljallangan ARO‘ ni, taymerlarning
katta to‘plamini, kiritish/chiqarishning bo‘lingan portlarini, kommunikatsion portlar
to‘plamini o‘z ichiga oladigan tashqi qurilmalarning katta to‘plamiga ega.
Dasturlash C++ dasturlash tilida bajariladi.
11.1-rasmda C2000 oilasining modeli turiga kiradigan TMS320F28335 SP
sxemasi keltirilgan (F harfi asosiy yadroning tarkibida suruluvchi vergulning alohida
protsessori mavjudligini bildiradi).
11.1-rasm. TMS320F28335 kontrollеrining funktsional sxеmasi
Unumdorligi 300 MFLOPS bo‘lgan protsessor yadrosi 150 MGs chastotada
32-razryadli ko‘paytirgich, atomik AMQ (bir vaqtning o‘zida o‘qiydi, ko‘paytiradi
va natijani yozadi), suruluvchi
vergulning protsessori, 32-razryadli uchta taymer,
ichiga o‘rnatilgan JTAG tuzatish modulini o‘z ichiga oladi.
Flash
512
Кbayt
RAM
68 Кbayt
ROM
68 Кbayt
Uzilishlarni boshqarish
КIMning 18 ta moduli
Joylashtirilga ARU
Qamrab olishning oltita
moduli
32 ta
pochta kanali
CAN port
2 ta McBSP kanal
2 ta impulsli kvadrat
dekoder
I2C interfeysi
16/32 bitli EMIF
interfeys
ХТТМ kanali
32х32р
ko’paytiruvchi
Taymerlar
(3 ta 32r)
Real vaqt JTAG
Atomar AMQ
Suriluvchi
vergulli 32r
prosessor
С28 yadro
167
Xotira osti tizimi 512 Kbayt hajmdagi Flash-xotirani, 68
Kbayt hajmdagi
RAM xotirani va 68 Kbayt hajmdagi ROM xotirani o‘z ichiga oladi.
Periferiya modullarining tarkibida: keng-impulsli modulyatsyasiga (KIM) ega
18 ta qabul qilish, uzatish kanallari, yuqori tezlikli ARO‘ (16 kanal, 12 ta razryad,
qayta o‘zgartirish vaqti 80 ns), qo‘lga olishning 6 ta moduli, 16 yoki 32 razryadli
rejimidagi konfiguratsiya imkoniyatiga ega EMIF interfeys, EMIF interfeysini o‘z
ichiga oluvchi xotiradan bevosita murojaatli (XBM) 6 ta kanali, McBSP
interfeysining 2 ta kanali, 32 ta pochta qutilariga (mailboxes)
ega port SAN, 400
kbit/s texzlikka ega I2C interfeys, ikkita impulsli kvadrat dekoder bor.
TI firmasi bunday SPning qurishning o‘ndan ortiq variantini taklif etadi.
C28x tayanch protsessori yadrosining standart to‘plamiga suruluvchi vergulli
sonlar ustida bajariladigan amallarni ta’minlovchi buyruqlar qo‘shilgan. Bu C28x va
F28335, shuningdek SP ushbu turining boshqa modellari uchun dasturlar to‘liq
muvofiqligiga ta’sir etmagan.