Baholash platalari va kengayish platalari




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
UMK TSQI

 
12.2. Baholash platalari va kengayish platalari 
EZ KIT markasining baholash platalari foydalanuvchini muayyan protsessor 
imkoniyatlari bilan boshlang‘ich tanishtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday platalar 
bir tizim bo‘lib, uning platalar tarkibiga bevosita protsessorning o‘zi, tashqi xotira 
mikrosxemalari va protsessorning ichki periferiya modullari to‘plami va birinchi 
navbatda qaysi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilganligiga bog‘liq ravishda 
o‘zgaruvchi tashqi interfeys mikrosxemalari kiradi. EZ KIT platasidagi protsessorga 
dasturni yuklash va uni sozlash Visual DSP++ muhitidan shaxsiy komp’yuterning 
standart portlarining biri orqali amalga oshiriladi. Shaxsiy komp’yuter va protsessor 
orasida aloqa uchun USB porti va Debid Agent texnologiyasidan foydalaniladi. 
Debid Agent baholash platasida joylashgan alohida kontroller bo‘lib, shaxsiy 
komp’yuterdan keladigan buyruqlarni protsessorning sxema ichi sozlash interfeysi 


200 
buyruqlariga o‘zgartirib beradi. Zamonaviy EZ KIT Lite baholash platalari 
kengayish platalarini qo‘shish uchun maxsus razyomlarga ega bo‘lib, bu raz’yomga 
protsessorning ko‘pchilik signallari olib chiqilgan. Bunday razyomning mavjudligi 
baholash platasiga eng turfa periferiya qurilmalarni qo‘shish va uning asosida 
tugallangan tizim prototipini yaratish imkonini beradi. Foydalanuvchilar o‘z xususiy 
kengayish platalarini ishlab chiqishlari yoki quyidagi vazifalarni bajarish uchun 
mo‘ljallangan tayyor platalarning biridan foydalanishlari mumkin [23]: 
− audio va videosignallarni kiritish/chiqarish (AVEZ Extender va Audio EZ 
Extender); 
− Analog Devices kompaniyasining tez ta’sir qiluvchi SAP/ASP baholash 
platalariga va sensorli suyuq kristallik displeylariga (Landscape LCD EZ Extender) 
ulanish; 
− USB interfeyslari (USB EZ Extender, USB LAN EZ Extender), Ethernet 
(USB LAN EZ Extender) va Bluetooth (Bluetooth EZ Extender) orqali tashqi 
qurilmalar bilan ishlash.
Tayyor kengayish platalarining ko‘pchiligi Blackfin protsessorlari uchun 
baholash platalari bilan ishlaydi, biroq SHARC protsessorlariga mos keladigan 
variantlar ham chiqarilmoqda.

Download 2,7 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Baholash platalari va kengayish platalari

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish