• 12.1. Dasturiy ilovalarni loyihalashning asosiy bosqichlari
  • -MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    12-MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING 
    APPARAT-DASTURIY VOSITALAR 
     
    Ko‘p signal protsessorlari ishlov berish tezligi nazorat yoki boshqaruv 
    obe’ktlari tomonidan beriladigan real vaqt tizimida ishlaydi. Ish jarayonida obe’kt 
    ishiga aralashishning va ishlayotgan ishlov beruvchi dasturga o‘zgartirish kiritishg 
    imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun SP uchun dasturlarni tayyorlash va sozlash 
    jarayonida foydalanuvchilar ko‘p vaqtni sarflashlari kerak bo‘ladi. Signal 
    protsessorlarida dasturlash bir muncha unumli bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishlab 
    chiqish va sozlash vositalarini talab etadi [4, 9]. 
    12.1. Dasturiy ilovalarni loyihalashning asosiy bosqichlari 
    Umuman olganda SP har xil turlari uchun dasturni tayyorlash va sozlash 
    jarayoni bir biriga o‘xshash bo‘ladi. Bu jarayon qo‘yidagi uchta fazani o‘z ichiga 
    oladi: 
    − simulyator yordamida algoritm ishini modellashtirish; 
    − baholovchi platadan foydalanib protsessor imkoniyatini baholash; 
    − tayyor qurilma tarkibida bajariluvchi kodni ichki sxemali sozlash.
    Protsessor simulyatori – bu shaxsiy kompyuterda ishlovchi va protsessor 
    yuklanishini, uning tashqi qurilmalar bilan aloqasini, real apparatlardan 
    foydalanmasdan tashqi uzilishlarga protsessor reaksiyasini imitatsiyalovchi va 
    bajarilayotgan 
    dasturni 
    boshqaruvchi 
    dasturiy 
    instrument 
    hisoblanadi. 
    Modellashtirish fazasi protsessor arxitekturasi bilan tanishuvning boshida va alohida 
    algoritmlarni sozlash bosqichida katta qiziqish kasb etadi. Ayni damda murakkab 
    tizim tarkibida protsessor ishini modellashtirish quyidagi sabablarga ko‘ra 
    anchagina qiyinchilik tug‘diradi.
    Birinchidan, simulyator protsessorning tashqi qobig‘ini modellashtirishda 
    chegaralangan imkoniyatlarga ega. Ikkinchidan, u juda sekin ishlaydi, chunki har bir 
    protsessor siklida bajariladigan amallarni ko‘rsatish uchun kompyuter ko‘p sonli 
    amallarni bajarishi kerak. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar protsessor bilan tanishish 


    197 
    va o‘z algoritmlarini real sharoitga yaqin, ya’ni modellashtirish fazani chetlab o‘tib, 
    baholash platalari yordamida yo‘lga qo‘yishni afzal biladilar. Firmalar bunday 
    baholash platalarini o‘z signal protsessorlarining barcha oilalari tipik vakillari uchun 
    ishlab chiqaradilar. Ushbu baholash platalarining ko‘pchiligi tashqi kengaytirishi 
    platalarini ulash uchun razyomlarga ega bo‘lib, bu ular yordamida to‘liq funksional 
    tizimlarning prototiplarini yaratish imkonini beradi. Yakuniy mahsulot tarkibida 
    sxema ichidagi emulyator-personal kompyuterda bajariladigan dasturdan 
    protsessorning ichki tugunchalaridan to‘liq foydalanish imkonini beruvchi qurilma 
    yordamida dasturiy ta’minotni yo‘lga qo‘yish amaliy dastur yaratish ishining final 
    fazasi hisoblanadi. Analog Devices kompaniyasining ishlab chiqishi va sozlash 
    vositalari misolida ma’lumotlarni ishlash amaliy dasturini yaratish jarayonini ko‘rib 
    chiqamiz. Har bir fazada qo‘llaniladigan ilova va vositalarni yaratishning asosiy 
    fazalari oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan signal protsessorlarning barcha so‘nggi 
    modellari uchun o‘xshash [4, 5, 9].
    Loyihalashtirishning yuqorida aytib o‘tilgan barcha uchta fazasi 
    CROSSCORE – quyidagi 3 ta komponentani o‘z ichiga oluvchi Analog Devices 
    dasturiy- apparat vositalari kompleksi bilan qo‘llab-quvvatlanadi: 
    − Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlashning integrallashtirilgan muhiti; 
    − EZ KIT/ EZ BOARD baholash platalari va EZ EXTENDER kengayish 
    platalari to‘plami; 
    − sxema ichi emulyatorlari.

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish