Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua




Download 439,37 Kb.
bet73/88
Sana12.06.2024
Hajmi439,37 Kb.
#262851
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

C2000 platformasi. SPlar ushbu turdagi modellar robototexnikada, sanoat avtomatlarida, qattiq disklarda, optik tarmoqlarda kommutatsiyalovchi elementlar sifatida qo‘llanadi. Ushbu modellar protsessorlarining RISC-arxitekturasi o‘zgaruvchan, hisoblash quvvati yetarli va dasturlash qulay. Platformaga protsessorlarning ikkita olilasi kiradi S24x va C28x. O‘ntadan ko‘p turi bo‘lgan (xotira hajmida va chetki bog‘lamalarida farq bor) oxirgi modelni ko‘rib chiqamiz.
C28x protsessorining yadrosi 32-razryadli garvard arxitekturasiga, dasturlar va ma’lumotlarning bo‘lingan shinalariga ega. Ma’lumotlar shinasi o‘z navbatida ma’lumotlarga real vaqtda ishlov berish zarurati tufayli o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida o‘qish va yozish shinalariga bo‘lingan. Protsessor bita mashina sikli davomida matritsali ko‘paytirgich yordamida 32x32-razryadli MAC-amalni bajarish, natijalarning: 64-razryadli sonlari bilan amal bajarish imkoniyatini beradi. Qo‘zg‘almas nuqtadagi yuqori razryadlilik yetarli dinamik diapazonga ega bo‘lish imkonini beradi. SPning ushbu oilasi tarkibida ataylab suruluvchi vergul protsessori kiritilgan modlellari bor. Protsessor bir mashina takti davomida atomik AMQ hisobiga o‘qish, ishlov berish va xotiraga yozish amallarini bajaradi. Unumdorligi 8-bosqichli konveyerni qo‘llash hisobiga oshirilgan. Operativ xotirasi bir nechta sohaga bo‘lingan, ularning har biridan dasturlar xotirasi kabi, yohud ma’lumotlar
xotirasi kabi foydalanish mumkin. Operativ xotiradan tashqari 16 tadan razryadli 128 Kso‘zgacha hajmga ega Flash-PZU bor. Protsessor yadrosining unumdorligi takt chastotasi 150 MGs bo‘lganida 150 MIPS ni tashkil etadi [18].
C28x oilasi 12 razryadli 16 kanalga mo‘ljallangan ARO‘ ni, taymerlarning katta to‘plamini, kiritish/chiqarishning bo‘lingan portlarini, kommunikatsion portlar to‘plamini o‘z ichiga oladigan tashqi qurilmalarning katta to‘plamiga ega. Dasturlash C++ dasturlash tilida bajariladi.
11.1-rasmda C2000 oilasining modeli turiga kiradigan TMS320F28335 SP sxemasi keltirilgan (F harfi asosiy yadroning tarkibida suruluvchi vergulning alohida protsessori mavjudligini bildiradi).
11.1-rasm. TMS320F28335 kontrollеrining funktsional sxеmasi Unumdorligi 300 MFLOPS bo‘lgan protsessor yadrosi 150 MGs chastotada

32-razryadli ko‘paytirgich, atomik AMQ (bir vaqtning o‘zida o‘qiydi, ko‘paytiradi va natijani yozadi), suruluvchi vergulning protsessori, 32-razryadli uchta taymer, ichiga o‘rnatilgan JTAG tuzatish modulini o‘z ichiga oladi.


Xotira osti tizimi 512 Kbayt hajmdagi Flash-xotirani, 68 Kbayt hajmdagi RAM xotirani va 68 Kbayt hajmdagi ROM xotirani o‘z ichiga oladi.
Periferiya modullarining tarkibida: keng-impulsli modulyatsyasiga (KIM) ega 18 ta qabul qilish, uzatish kanallari, yuqori tezlikli ARO‘ (16 kanal, 12 ta razryad, qayta o‘zgartirish vaqti 80 ns), qo‘lga olishning 6 ta moduli, 16 yoki 32 razryadli rejimidagi konfiguratsiya imkoniyatiga ega EMIF interfeys, EMIF interfeysini o‘z ichiga oluvchi xotiradan bevosita murojaatli (XBM) 6 ta kanali, McBSP interfeysining 2 ta kanali, 32 ta pochta qutilariga (mailboxes) ega port SAN, 400 kbit/s texzlikka ega I2C interfeys, ikkita impulsli kvadrat dekoder bor.
TI firmasi bunday SPning qurishning o‘ndan ortiq variantini taklif etadi.
C28x tayanch protsessori yadrosining standart to‘plamiga suruluvchi vergulli sonlar ustida bajariladigan amallarni ta’minlovchi buyruqlar qo‘shilgan. Bu C28x va F28335, shuningdek SP ushbu turining boshqa modellari uchun dasturlar to‘liq muvofiqligiga ta’sir etmagan.

Download 439,37 Kb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Download 439,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

Download 439,37 Kb.