|
-Mavzu: O'zgarmas tok elektr zanjirlari
|
bet | 2/5 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 57,45 Kb. | | #131091 |
Bog'liq To\'la o\'zlashtirish texnologiyasi ko\'zda tutilganligi
1.Umumiy tushunchalar.
2.Tok va kuchlanish manbalari.
3.Tugun va konturlar.
4.Elektr zanjirning asosiy qonuniyatlari.
5.O'zgarmas tokning ishi va quvvati.
Umumiy tushunchalar
Elektr zanjiri deb manbalar va ularga ulangan iste'molchilarning yigindisiga aylanadi, bu zanjirdan ma'lum tok oqib utadi. Elektr zanjirlaridagi elektromagnitaviy jarayonlar tok, kuchlanish, elektr yurituvchi kuch (EYUK) qarshilik (o'tkazuvchanlik), induktivlik, sigim kabi tushunchalar orkali ifodalanadi. Zanjirlardagi tok ikki xil o'zgaruvchan yoki o'zgarmas bo'lishi mumkin. Shuningdek nosinusoidal tok deb ataluvchi elektr toklari ham mavjud bo'lib bunday zanjirlarni keyinroq ko'ramiz.
Vaqt davomida son qiymati va yo'nalishi o'zgarmaydigan tok- o'zgarmas tok deb ataladi. Ya'ni bunda zaryad tashuvchilar (elektronlar) bir tomonga xarakatlanadi. O'zgarmas elektr tokida tok kuchi, kuchlanish, EYUK va qarshilik kabi parametrlar o'zaro bog'langan bo'ladi, shu bog'lanishni urganish elektr zanjirlarida muxim rol o'ynaydi. Xalqaro birliklar sistemasida (SI) tok kuchi- Amper (A), kuchlanish- Volt (V), qarshilik- Om va o'tkazuvchanlik- simens (Sm) deb qabul qilingan. Bu birliklar orasida tok kuchi va kuchlanishni bog'lanishi muxim xususiyatga ega va buni voltamper xarakteristika deb ataladi. Agar elektr zanjiri, yoki elementning voltamper xarakteristikasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa bu zanjir yoki element chiziqli deb ataladi.
Masalan aktiv qarshilik Rρ , bu yerda (ρ -solishtirma qarshilik, L-uzunlik, S-simning kesim yuzasi.
Om qonunga ko'ra bu qarshilikdan o’tayotgan tok kuchi I= , yoki JgU
(g- o'tkazuvchanlik) bo'lgani uchun aktiv qarshilik chiziqli element bo'lib, aktiv qarshiliklardan tuzilgan zanjir ham chiziqli elektr zanjiri bo'ladi. Agar elementning voltamper xarakteristikasi egri chiziqdan iborat bo'lsa (masalan diod, termorezistor va xakoza) bunday element nochiziqli element, bunday elementli elektr zanjiri nochiziqli zanjir deb ataladi.
|
| |