|
To'lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo'yicha №463237267 sonli shartnomaBog'liq shartnoma (1)3.3. TALABA MAJBURIYATLARI:
3.3.1. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan oliy ta'lim muassasalari talabalariga
qo'yiladigan talablarga va Universitet o'quv jarayoni va faoliyati nizomiga muvofiq ta’lim olish.
3.3.2. O'quv Nizomida, Talabalarning xulq-atvor kodeksida, shuningdek Talabaning hududdagi xatti-
harakatlarini tartibga soluvchi boshqa qoidalar va ichki hujjatlarda va umume’tirof etilgan xulq-
atvor standartlarida ko'rsatilgan talablarga rioya qilish;
3.3.3. Universitetda qabul qilingan ichki tartib-qoidalar va boshqa ichki nizomlarga rioya qilish.
O'quv intizomiga va umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlariga rioya qilish.
3.3.4. Universitetning mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va yetkazilgan zararni
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoplash.
3.3.5. Kirish imtihon natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 10 (o'n) kun ichida akademik litsey
yoki kasb-hunar kollej diplomi, yoki umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi attestatni va boshqa talab
qilinadigan hujjatlarning asl nusxalarini universitetga o'qish davomida saqlash uchun taqdim etish.
Maxsus holatlarda Talaba yozma ravishda Universitet tomonidan so’ralgan hujjatlarni asl
nusxalarini kechiktirib taqdim etishni so'rashi mumkin (Universitet tomonidan tasdiqlanishi shart).
3.3.6. Talaba ushbu shartnomaga muvofiq hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligida belgilangan tartibda ta'lim uchun to'lovni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirishi
shart.
3.3.7. Tijorat banki bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun kredit shartnomasi tuzilgan taqdirda,
u barcha taraflar tomonidan rasmiylashtirilgandan so‘ng Universitetning yuridik bo‘limiga
shartnomaning asl nusxasini taqdim etishi.
3.3.8. Universitetning ichki tartib-qoidalariga muvofiq kirishni nazorat qilish rejimi va yong'in
xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
3.3.9. Universitetning rasmiy aloqa kanallari orqali tarqatilayotgan yangiliklarni kuzatib borish:
Universitetning rasmiy veb-sayti, korporativ elektron pochtasi. Universitet Talabada ma'lumot
yo'qligi bilan bog'liq va natijada O'quv Nizomida, Universitetning ichki tartib qoidalarida,
shuningdek Talabaning Universitet hududidagi va tashqarida xatti-harakatlarini tartibga soluvchi
boshqa ichki hujjatlarda ko'rsatilgan talablarni o'z vaqtida bajarmaslik bilan bog'liq barcha
javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
|
| |