|
TA’LIM UCHUN TO‘LOV TARTIBI VA SHARTLARIBog'liq shartnoma (1)4. TA’LIM UCHUN TO‘LOV TARTIBI VA SHARTLARI
4.1. Ushbu Shartnomaning 3.3-bandini hisobga olgan holda ta'lim uchun to'lov O’zbekiston
Respublikasi milliy valyutasida (UZS) Universitetning bank hisob raqamiga o'tkazish yo'li bilan
va/yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat etilgan boshqa usulda amalga oshiriladi.
4.2. Ta’lim uchun to‘lov summasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2 bobga muvofiq belgilanadi.
4.3. O‘zbekiston Respublikasida bazaviy hisoblash miqdori oshirilganda Universitet ta'lim uchun
belgilangan to'lov miqdorini bir tomonlama shunga muvofiq miqdorda oshirishga haqlidir, bu haqda
Universitet Talabani 15 kalendar kun oldin xabardor qiladi.
4.4. To‘lovni amalga oshirayotganda Talaba va/yoki To‘lovchi to‘lov hujjatlarida talabaning to'liq
ismi, sharifini, shartnoma raqami va sanasini, talaba o'qiyotgan fakultet nomini, shuningdek,
talabaning pasport seriya va raqamini ko'rsatishi shart.
4.5. Agar Talaba qoniqarsiz natijalar tufayli bir yoki bir nechta kurslardan topshira olmasa, o‘qish
to‘lovi quyidagicha to‘lanadi:
4.5.1. Agar Talaba bir semestrda 12 dan kam kredit olsa, u o‘qish uchun to‘lovni olgan akademik
kreditlar soniga qarab to‘lashi shart. Bitta kreditning qiymati 300 000 (uch yuz ming) so‘mga teng.
4.5.2. Agar Talaba bir semestrda 12 yoki undan ortiq kredit olgan bo‘lsa, talaba Qabul nizomida
ko‘rsatilgan bir semestr uchun o‘qish to‘lovining yarmini to‘lashi shart.
4.6. Ta'lim uchun to'lov pul mablag'lari 2 bobida belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda
to'lanishi shart:
Semestr boshlanish sanalari universitet veb-saytida ko‘rsatiladi. (https://t.me/Angrenuniversiteti).
4.7. Talabani keyingi o’quv semestriga qabul qilish haqidagi buyruq faqat avvalgi o’quv semestrini
muvaffaqiyatli yakunlagandan so'ng, avvalgi o’quv semestri uchun barcha to’lovlar amalga
oshirilgandan so’ng va ushbu Shartnomaning 3.6-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmagan
holda to’lov amalga oshirilgandan so’ng qabul qilinadi.
4.8. O‘qish boshlanganda va/yoki Talabani kursga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgandan
keyin to‘langan har qanday summa qaytarilmaydi.
4.9. Talaba o‘qishdan chetlatilgan taqdirda, chetlatilish sabablaridan qat’i nazar, Universitetga
ta’lim uchun to'langan pul mablag'lari Universitet tomonidan qaytarilmaydi.
4.10. Ta'lim uchun to’lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq barcha bank xarajatlari Talaba va/yoki
To’lovchi hisobidan qoplanadi.
|
| |