O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yol tutishi




Download 106.82 Kb.
bet3/6
Sana29.11.2022
Hajmi106.82 Kb.
#32223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AbdirozzoqovD 5ki-2022
Uslubiy ko\'rsatma MT (6), КОЛЛОИД КИМЁ 24.05.2011, МАЪРУЗА МАТНИ, A good Business English needs analysis will include questions related to why the students want to learn English, O’zbek xonliklarining o’zaro munosabatlari va xalqaro savdo diplomatikaloqalari 2, 34-mavzu Terining tuzilishi va funksiyasi, 2 курс малакавий амалиёт2021 2022 tasdiqlangan 2, FAN DASTURI TAT 4 KREDIT 2020, Jumayev Start up loyiha, 1-vazifa (Chizili), А-35 ректор буйруғи баённома, matematika uzb 8 imtihon 2021, 7777777, 1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari
3. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yol tutishi

Yangi yo'l. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.


Respublikada kadrlarni tanlash, joy~joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimJariga ko'tarildi. Kadrlar siyos atidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo'ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.
O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'zoilasiga qaytdi, adolat tiklandi. O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga awallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki
tillik haqidagi qonun loyihasini o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiy—ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi.
1990— yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat qabul qilindi. Qonun va davlat ga binoan, mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga o'tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo'ldi.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko'tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy tomorqa uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o'z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta'minlash» ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990— yilda 300 ming kishi, asosan Yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990— yilda budjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so'm qo'shimcha mablag' ajratildi.
Prezident lavozimining ta'sis etilishi.1990- yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo'ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo'idiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nom-zodlar ko'rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to'play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo'lib o'tdi.1990— yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish to'g'risida» qonun qabul qildi. 1990— yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo'li bilan Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so'zlab, O'zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o'zini-o'zi idora qilishga va o'zini-o'zi pul bilan ta'minlashga o'tishni ta'minlashni o'zining asosiy vazifasiligi ekanini ta'kidladi. SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo'lgan sharoitdayoq O'zbekistonda Prezident saylanishi muhim
voqea bo'ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo'ldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990— yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklara-tsiyasbni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan:

  • O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti;

  • O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;

  • O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi;

  • O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.

O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo'ldi.




  1. Download 106.82 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 106.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yol tutishi

Download 106.82 Kb.