Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi Ittifoq shartnomasini yangilash talabi




Download 106.82 Kb.
bet4/6
Sana29.11.2022
Hajmi106.82 Kb.
#32223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AbdirozzoqovD 5ki-2022
Uslubiy ko\'rsatma MT (6), КОЛЛОИД КИМЁ 24.05.2011, МАЪРУЗА МАТНИ, A good Business English needs analysis will include questions related to why the students want to learn English, O’zbek xonliklarining o’zaro munosabatlari va xalqaro savdo diplomatikaloqalari 2, 34-mavzu Terining tuzilishi va funksiyasi, 2 курс малакавий амалиёт2021 2022 tasdiqlangan 2, FAN DASTURI TAT 4 KREDIT 2020, Jumayev Start up loyiha, 1-vazifa (Chizili), А-35 ректор буйруғи баённома, matematika uzb 8 imtihon 2021, 7777777, 1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi Ittifoq shartnomasini yangilash talabi

Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.


O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bolib otgan KPSS MQ ning Plenimida sozlangan nutqida respublikalar bilan SSSR ortasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qoyishi kozda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida oz fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va O’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qoyish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-
chiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990— yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.
Markazda vajoylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi ?»- degan masalada bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli markaz-kuchli respublikalar»,- desa; joylardagilar: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e'tirof etishga majbur bo'ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug'ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990— yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990— yil avgust oyida Ittifoqni yangilash ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o'z hududlaridagi butun milliy boylik-larga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O'zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.
1991— yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiqbo'yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo'lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo'yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e'lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O'zbekiston rahbariyati respublikalarga to'la mustaqillik berishni ko'zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1991—yil 12-
martdabo'lganIVplenumidaso'zlagannutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo'ldan boy berib qo'yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko'targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922— yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi», -degan edi. Bu fikrning to'g'riligini hayot to'la isbotladi.
Butunittifoq referendum SSSR Oyiy Soveti ittifoq shartnomasini o'zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federat-siyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991— yil 17-mart kuni Butunittifoq
referendumini o'tkazishga qaror qildi. 1991— yil 20-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o'tkazishni ma'qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan bulleten bilan birga yana bitta qo'shimcha byulletenni ovozga qo'yishga qaror qildi.
Qo'shimcha bulletenga «Siz O'zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz ?»- degan savol qo'yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga
«Ha» deb javob berdilar. Demak, o'zbekistonliklar o'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo'lishini, O'zbekistonning suveren respublika sifatida rivoj-lanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
1991— yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O'zbekiston, Qozog'iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo'llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg'iziston, Tojikiston, Turkma-niston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo'ldi.

Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishda intilish.


1991— yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo'ldi. Ishtirokchilar tomonidan


«Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tangUkni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo'lganini ko'rsatadi.
1991— yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuvbo'ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin munozara bo'ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo'natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O'zbekiston Oliy Sovetida 1991— yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi
tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo'lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risidagi shartnoma»ni imzolash 1991— yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo'nab ketdi.
1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991- yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat qo'mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanayev
- SSSR vitse-prezidenti, O.D.Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo'mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo ~ SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov - SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, T.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo'l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o'zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo'mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e'lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo'rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991— yiJ 19-avgustda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Prezident O'zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublika-mizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo'qligi, O'zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko'rsatmalar bajarilmasligini qat'iy ta'kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbariari ishtirokidagi qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O'zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, awalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta'kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig'vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O'zbekiston Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya qoidalarini og'ishmay va izchil amalga oshirish yo'lidan boraveradi deb ko'rsatildi.
1991— yil 21-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z farmoni bilan O'zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv ido-ralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O'zbekiston SSR Konstitut-siyalariga hamda qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so'zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo'ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo'mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo'yildi.
Fitnachilarning qonnunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21- avgust kunlari Moskvada fojiati hobisalar roy berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyev Prqzidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiyb vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bolib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana bosgladi.



Download 106.82 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 106.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi Ittifoq shartnomasini yangilash talabi

Download 106.82 Kb.