• Tayanch tushunchalar
  • 1-Mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar O'zbekislonning ijtimoiy—siyosiy hayoti «Qayta qurish»




    Download 83.5 Kb.
    bet1/6
    Sana19.09.2023
    Hajmi83.5 Kb.
    #82890
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 cеминар Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy
    TTShartnoma, 00152f3c-dc0c3f84(1), Reja- Psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. Psixologiyaning asos-fayllar.org, QUDAYNAZAROV JAQSILIQ QUANISHBAY ULI, Презентация 1, Bayram, American holiday, Qadriyqt uslubiy qo\'llqnma. Х.Рахматова , portal.guldu.uz-sharq mutafakirlari, portal.guldu.uz-TAQDIMOT (1), Xromatografiya, moliya mus ish 25.05.2023, Davlat byudjeti daromadlari ijrosi yuzasidan moliyaviy nazoratni, Mavzu. Bank inqirozlari

    1-Mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar

    1. O'zbekislonning ijtimoiy—siyosiy hayoti


    2. «Qayta qurish» siyosati.
    3.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.Ittifoq shartnomasini yangilash talabi


    Tayanch tushunchalar: iqtisodiy inqiroz, “Paxta ishi”, onalar va bolalar o’limi, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik, ishsizlik, Farg’ona voqealari, davlat tili, Mustaqillik Dekloratsiyasi, Prezidentlik lavozimi, mustaqillik,
    1. O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
    XX asrning 70-80— yillarida SSSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqur-lashtirib yubordi.
    KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985— yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR inqiroz oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986— yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi.
    «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi.
    1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
    1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.
    To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi.
    «Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro'y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariyjihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o'ylab ko'rilmagan sinov va eksperimentlaiga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatoiar bijan siljib bordi. Mamlakatning real imkoniyatlari hisobga olinmasdan xalq xo'jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o'zida rivojlantirishdan iborat noto'g'ri yo'l tutildi. «Bu hoi,-deb yozadi I.Karimov o'zining «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida, -pirovard natijada.cheklangan mablag'larning parokanda bo'lib ketishiga, moliya va ta'minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi».
    "Кadrlar desanti» O'zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo'lini katta umid bilan kutib oidilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'Idi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan, siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika partiya va davlal rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to'dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara boshladilar. O'zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o'tirgan mahalliy kadrlar ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldi.
    O'zbekiston Kompartiyasi Markaz qo'mida Moskva vakillari -Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O'sha yillarda tez-tez bo'lib turadigan plenumlar va yig'ilishlarda qilingan barcha ma'ruzalarni Ponomaryov va O'zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi 1. Usmonxo'jayev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o'qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha'ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O'zKP Markaziy Qo'mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo'H bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan avanturistik qarorlarni tiqishtirish biian shug'ullandi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K.Ligachyov edi. Qo'g'irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to'dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko'zbo'yamachilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi.
    "Paxta ishi". O'zbekistonda «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlarto'qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo'ldi. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o'tirmay, odamlarni qamash bilan shug'ullandi. Oddiy dehqondan tortib O'zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a'zolarigacha bo'lgan xodimlami qamash uchun birovlarni zo'rlab yozdirib olgan bir parcha qog'oz kifoya edi. O'zbekistonda qonunchilik buzildi, o'zboshimchalik va qatag'onning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to'kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30— yillarda ishlatilgan yaramas usullar-dan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to'qil-gan aybnomalarni ularning qo'li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko'p begunoh odamlarni qamashga asos bo'lib qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so'roq qilindi. 4,5 mingdan ko'proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
    O'sha yillarda O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo'lib uzoq yillar ishlagan, o'zbek xalqining baxt-saodati yo'lida samarali faoliyat ko'rsatgan Sh.R. Rashidovning nomi ham badnom qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezovta qilish nima uchun kerak bo'lib qoldi? O'zbekistonning, o'zbek xalqining sha'ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish uchun kerak bo'lgan edi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o'zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy axborot vositalari xalqni dalil-isbotsiz tahqir qilish, halol mehnatkashlarni ma'naviy ezishga yo'naltirilgan ko'plab xabarlar, maqolalar berar edilar. Natijada, butun bir mamlakat va millat badnom qilindi, poraxo'r, olib-sotar sifatida sharmanda qilindi. Butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham kamchiliklar, qo'shib yozishlar, poraxo'rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi. Lekin bu illatlarni o'zbek xalqi emas, balki Sovet hokimiyatining ij'timoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
    O'zbekiston fuqarolari o'z haq-huquqlarini himoya qilishlarini so'rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986-87— yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlartushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o'z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar.
    Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko'paydi. 1986-87— yillarda respublikada 270 ayol o'zini-o'zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha'ni, qadr-qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko'rsatilgan norozilik edi. Haqiqat va adolat, keyinroq, Islom Karimov O'zbekiston rahbari bo'lgach ro'yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ко'rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Pirovardida 3,5 mingdan ko'proq kishi oqlandi
    Ijtimoniy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo'llanilishi yanada cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan, qarindosh-urug'larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi.
    Ko'plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi. Ularning ko'pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og'ishlikda, o'tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo'rttirib ko'rsa-tishda ayblandilar.
    Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985— yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsep-siyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987— yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, awalgidek, Markaz belgilab berardi.
    Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda mutaxassis-larning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga da-romad 75 so'mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos.
    Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xona-donlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi.
    Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi.O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi.
    Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta- sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la bordi.
    Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
    Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.
    Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
    • Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
    • Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
    • Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.
    Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
    Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990— yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.

    Download 83.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 83.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar O'zbekislonning ijtimoiy—siyosiy hayoti «Qayta qurish»

    Download 83.5 Kb.