- modulyatsiyalovchi signal chastotasi ga teng tashkil etuvchisi borligi bilan; -
modulyatsiyalanmagan impulslar ketma-ketligi spektrining har bir tashkil
etuvchisi yonida chastotali yon tashkil etuvchilari borligi bilan.
Agar impulslar ketma-ketligi murakkab shakldagi (davriy bo‘lmagan) xabar signali
bilan modulyatsiyalansa, u holda yuqori chastotali yon spektr tashkil etuvchilari
soni va past chastotali spektr tashkil etuvchilari soni ko‘payadi. Ushbu IAM signal
spektrida past chastotali tashkil etuvchining borligi, uning detektorlanishini past
chastotalar filtri yordamida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Past chastotaga
eng yaqin bo‘lgan IAM signal spektri tashkil etuvchisi chastotasi ga teng bo‘lib,
past chastotali tashkil etuvchilarni ajratib olishni osonlashtirish uchun sharti
bajarilishi talab etiladi.
Boshqa tur impuls modulyatsiyasi signallarining spektrlari ham IAM signal spektri
kabi aniqlanadi. Bunda modulyatsiyalanmagan impuls spektri ifodasidagi tegishli
o‘zgaruvchini modulyatsiyalanadigan parametrni modulyatsiyalovchi ga mos
ravishda o‘zgartirish va uni tashkil etuvchilarga yoyish kerak bo‘ladi.