|
Topshiriqlar: Onlayn magazin haqida tushuncha va misollarda asoslanishi. Mobil-tijorat va uning ko’rinishlari. Vaqt o'tishi bilan oddiy (oflayn) do'konlar kamroq mashhur bo'lib, xaridorlar uchun noqulay bo'ladi
|
bet | 2/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 80,5 Kb. | | #145231 |
Bog'liq Alijonova D lab 13 (1)Alibaba Group Holding Limited — Alibaba Group va Alibaba.com sifatida tanilgan, Xitoyning elektron tijorat, chakana savdo, Internet va texnologiyalarga ixtisoslashgan transmilliy texnologik kompaniyasi. 1999-yil 28-iyunda Chjetszyan shahrining Xanchjou shahrida tashkil etilgan. Kompaniya veb-portallar orqali isteʼmolchidan isteʼmolchiga (C2C), biznesdan isteʼmolchiga (B2C) va biznesdan biznesga (B2B) savdo xizmatlarini taqdim etadi. Elektron toʻlov xizmatlari, xarid qilish qidiruv tizimlari va bulutli hisoblash xizmatlari mavjud. U dunyodagi ko'plab biznes sohalarida turli xil kompaniyalar portfeliga egalik qiladi va ishlaydi. Buyuk Britaniyaning dunyo bozorini oʻrganuvchi «Kantar» kompaniyasi dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e’lon qildi. Reytingning kuchli oʻnligidan „Alibaba“ ham oʻrin olgan.
Mobil tijorat (m-tijorat) – elektron tijoratning turi bo’lib, mobil telefonlar, shaxsiy cho’ntak kompyuterlari va boshqa simsiz aloqaga ega mobil uskunalar orqali to’lov operasiyalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bunda simsiz aloqaga ega mobil uskunalar qatoriga smartfonlar (iPhone, Google Android), planshetlar (iPad, Amazon Kindle), netbuklar va noutbuklar kiradi. M- tijorat tovar va izmatlarning online sotuvi imkoniyatlarini kengaytiradi. Boshqacha aytganda, mobil tijorat bu mobil telefondan foydalanuvchi interfeysi sifatida qo’llovchi turli tijorat xizmatlari (aloqa xizmatidan tashqari) uchun umumiy nomdir.
Tarixga nazar soladigan bo’lsak birinchi mobil tijorat amaliy jihatdan 1997 yil Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida qo’llanilgan. Shahar ko’chalarida o’rnatilgan ikkita Koka-kola kompaniyasining avtomatlari ichimliklarni sms yordamida sotish yo’lga qo’yilgan. O’shandayoq Merita bank of Finland banki orqali mijozlarga mobil banking xizmatlari taklif etila boshlangan.
Mobil tijoratdan quyidagi yo’nalishlarda foydalaniladi:
-Internet
-Telefoniya
-Kommunal to’lovlar
-Avia va temir yo’l biletlari
-Sayohat
-Sug’urta
Hozirgi kunda mobil tijoratning afzalliklaridan biri bu uning firibgarlik xatarini kamaytirish qobiliyatidir. Aynan plastik kartochkalar bilan bo’lgan firibgarlik ular bo’yicha operasiyalar amalga oshirishning yuqori ustamalari sababchisidir. Mobil tijorat bilan ushbu xatarlar sezilarli ravishda qisqaradi, chunki mobil tijorat mijozning mobil aloqa operatori bilan ma’nodosh identifikatsiyasini nazarda tutadi. Shu tariqa, tranzaksiya haqi 2% dan 0,5% va undan kam miqdorgacha kamayadi. Bundan tashqari, mobil to’lovlar tizimi qimmat turadigan o’qish uskunalarini talab qilmaydi va shuning uchun plastik kartalardan hanuzgacha to’lov qabul qilmagan taksi, mayda do’kon va restoranlarda ham qo’llanilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Topshiriqlar: Onlayn magazin haqida tushuncha va misollarda asoslanishi. Mobil-tijorat va uning ko’rinishlari. Vaqt o'tishi bilan oddiy (oflayn) do'konlar kamroq mashhur bo'lib, xaridorlar uchun noqulay bo'ladi
|