1-mavzu: O‘zbek tilini sohada yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi va
vazifalari
Topshiriqlar:
1.Til haqida 10 ta maqol yozish;
2. “Men nega bu sohani tanladim” mavzusida
ijodiy matn yaratish
Javoblar:
1. Til haqida 10 ta maqol yozish.
1.
Har kim o‘z tili bilan tirik.
2.
Tilga e’tibor – elga e’tibor.
3.
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
4.
Til – dil tarjimoni.
5.
Til – millat qalbi.
6.
Elni sevsang, elcha gapir.
7.
Til yaxshisi bor etar, til yomoni xor etar.
8.
Til bor – bol keltirar, til bor – balo keltirar.
9.
Til – dilning kaliti.
10.
Til bilgan el biladi.
2. “Men nega bu sohani tanladim” mavzusida ijodiy matn yaratish.
Mening bu sohani tanlashimga birinchi sabab – kompyuter va turli dasturlarga
qiziqqanim. Axborot texnologiyalari, turli texnik vositalar
rivojlangan XXI asrda
bugungi kunimizni kompyuter va shu kabi aloqa vositalarisiz tasavvur qilolmaymiz.
Men tanlagan IT sohasi bugungi kunning eng zamonaviy, ko‘p murojaat etiladigan
sohasiga aylandi, chunki insonlar hayotini yengillashtirish,
ularga qulayliklar
yaratish IT sohasining maqsadlaridan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. Shu
maqsadlarni
hisobga olib, men ham yuqorida ta’kidlanganidek, insonlar hayotiga
yengilliklar olib kirish uchun ushbu sohani tanlaganman. Xususan, ta’lim, tibbiyot,
maishiy xizmat, og‘ir va yengil sanoat tashkilotlarida
va boshqa muassasalarda
xodimlarni ro‘yxatga olish yoki mahsulotlarning nomini, sonini,
narxini belgilab
borish, ularni o‘zgartirish, o‘chirib yuborish kabi ishlar avval birmuncha murakkab
edi, ya’ni barcha ishlar qo‘l mashinkalari yo qo‘lda qog‘oz yordamida amalga
oshirilar edi, hozir esa IT sohasida birgina to‘g‘ri tuzilgan kodlar tizimi orqali butun
bir Web ilova yasay olamiz hamda osonlik bilan ushbu masalalarni hal qila olamiz.
SOLIJONOV NURBILOL