|
Toshkent – 2023. 52 – mavzu: Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar. Reja
|
bet | 9/10 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 125,71 Kb. | | #118743 |
Bog'liq hayotmTerrorizm bilan kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik to’g’risida gap borganda O’zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan “6+2guruhi” deb nomlangan guruhni ham eslash kerak. Shu o’rinda Preziddentimiz Islom Karimovning 2001-yil 11-sentabridagi voqealardan so’ng bayonotidagi ayrim fikrlarni keltiramiz “Bugun biz butun insoniyatga tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech qanday davlat chetda qolmasligi tabiiy. Jahondagi yuzdan ortiq davlatning mazkur masla bo’yicha o’z fikri qat’iy pozitsiyasini bayon qilgani ham haqiqatni tasdiqlaydi. Bugun terrorizmga qarshi tashkil qilinayotgan koalitsiyasi safiga o’zining siyosiy tuzumi va qarashlaridan qat’iy nazar turli davlatlar, shu jumladan barcha yetkchi arab va musulmon jamoatlari qo’shilayotgani e’tiborga sazovordir. Bunday kuchlar va davlatlarni birlashtirayotgan xalqaro hamjamiyatning qatiyatligi tobora mustahkamlanib bu kurash xalqaro tus olib borishiga hech qanday shubha qolmayapti. Gap shundaki terrorizm tahdid mavhum tushuncha emas, balki xalqaro terrorizmning o’z oldiga qo’ygan siyosiy maqsadlariga erishish uchun jahondagi mavjud tartibni beqarorlashtirish, xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka tajovvuz qilish orqali reja va niyatlarini amalga oshirish yo’lidagi harakatlardir. Buning uchun esa “Hizbchilar” va ularga o’xshash diniy ekstremistik oqimlar domiga tushib qolganlarga qarshi jamoatchilik fikrini shkllantirish ayniqsa mahallalar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerak. Buning uchun esa “Hizbchilar” va ularga o’xshash diniy ekstremistik oqimlar domiga tushib qolganlarga qarshi jamoatchilik fikrini shkllantirish ayniqsa mahallalar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerak. Prezidentimiz Islom Karimov bu oqimning barqarorlikka tahdid solayotgani to’g’risida gapirib, xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi, tarqalishi, tinchlik va osoyishtalikka xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib ta’kidlagani bejiz emas.
|
| |