|
I I I BOB.
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH |
bet | 129/265 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | | | #233465 |
Bog'liq 11-sinf yangi 2022 (2)I I I BOB.
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
174
Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu IP manzillar facebook.com va shunga o‘xshash
mashhur saytlarga o‘rnatilgan.
IP manzil quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• statik (doimiy, о‘zgarmas);
• dinamik (vaqtinchalik, о‘zgaruvchan).
Statik IP manzillar foydalanuvchiga o‘zgarmas IP manzil beradi. Masalan, tashkilot lokal
tarmog‘idagi Internetga doimiy ulangan kompyuterlarning har biri o‘zining doimiy, qayd etilgan
IP-manziliga ega bo‘ladi.
Aksariyat foydalanuvchilar Internetga oddiy modem orqali vaqtinchalik ulanishi uchun doimiy
IP-manziliga ega bo‘lishi shart emas. Ularga vaqtinchalik IP-manzil berilishi mumkin. Bunday
holat IP manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo‘lib qolishidan himoyalaydi. Masalan,
Internet provayderining 2000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 500 ta foydalanuvchi
ishlaydi. Demak, 500 ta IP-manzil yetarli. Bunday holat tarmoq administratori vazifasini
yengillashtiradi. Dinamik IP-manzil 1 marta beriladi. Agar kompyuter tarmoqqa qayta kirsa,
unga yana yangi IP-manzil beriladi. Demak, tarmoqqa ulangan har bir kompyuter qayta
ulanishni amalga oshirganda, har gal har xil IP-manzil olar ekan.
IP-manzillar tarmoqda foydalanilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1) lokal (ichki IP-manzil, xususiy, “kulrang”);
2) global (tashqi IP-manzil, ijtimoiy, “oq”).
Lokal manzillar global tarmoq (Internet)da ishlatilmaydi. IP-manzillarga global IP-manzil orqali
kirib bo‘lmaydi, bunda xavfsizlik ta’minlanadi. Lokal IP-manzillarga faqat ichki lokal tarmoq
orqaligina kirish mumkin. Quyida lokal manzillar diapazoni keltirilgan (ular cheklangan):
10.0.0.0 — 10.255.255.255;
172.16.0.0 — 172.31.255.255;
192.168.0.0 — 192.168.255.255;
127.0.0.0 – 127.255.255.255 (zaxira diapazoni).
Qolgan barcha IP-manzillardan global tarmoqda foydalaniladi. Global manzillar Internet
tarmog‘ida ishlatiladi. Agar Internetda qurilma IP-manzilini kо‘rish mumkin bo‘lib, u Internet
tarmog‘ida yagona manzil bо‘lsa, bunday manzil
global manzil
(tashqi IP-manzil) deb ataladi.
Global manzilga dunyoning ixtiyoriy burchagidan ulanish mumkin.
|
| |