-DARS TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH



bet130/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

3-DARS
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
175
MAC-manzil
MAC-manzil tarmoq interfeys kartasi bilan 
bog‘liq yagona qiymat bо‘lib, u tarmoq 
interfeys kartasini ishlab chiqarish jarayonida 
o‘yib yozilgan doimiy manzildir. Texnik va 
jismoniy manzil sifatida tanilgan MAC-
manzilni hech qanday sharoitda o‘zgartirish 
mumkin emas. Tarmoq interfeys kartasi 
ulangan kompyuter, uning MAC-manzilidan foydalangan holda, tarmoq orqali jismonan 
aniqlanishi mumkin. Har bir MAC-manzil 12 xonali o‘n oltilik sanoq sistemasidagi raqam 
(uzunligi 48 bit) bo‘lib, shundan dastlabki oltita raqam (24 bit) OUI (organizationally unique 
identifier – tashkilotning yagona identifikatori) deb nomlangan ishlab chiqaruvchining 
identifikatorini o‘z ichiga oladi, keyingi oltita raqam (24 bit) esa ishlab chiqaruvchi tomonidan 
kartaga berilgan raqamni anglatadi. 
DNS-manzil
Internet ulkan okean bo‘lib, u yerda millionlab veb-saytlar shaklidagi ma’lumotlar mavjud. Har 
bir veb-sayt Internetga ulangan serverda saqlanadi, ya’ni har bir serverda IP-manzil mavjud. 
Veb-saytga kirish uchun uning IP-manzilini veb-brauzerga kiritish kerak. Ammo har xil veb-
saytlarning IP-manzillarini raqamlar yoki satrlar bo‘yicha eslash juda qiyin, lekin nomlarini 
eslab qolish osonroq. Shuning uchun veb-sayt yoki veb-resurs joylashgan har bir kompyuter 
serve-
riga uning IP-manziliga qarshi nom beriladi. Bunday nomlar har bir serverga berilgan noyob 
IP-manzillarga mos keladigan 
domen
yoki 
xost nomlari
deb nomlanadi. Domen (ingl. domain) 
so‘zini “hudud” yoki “soha” tarzida tarjima qilish mumkin. Shu orqali DNS – 
domen nomlari 
tizimi
deb yuritiluvchi manzillash usuli yaratilgan. 
DNS
(Domain Name System – domen nomlаri tizimi) – domen nomlari haqida 
ma’lumot olish mumkin bo‘lgan tizim.

Download
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-DARS TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH