I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
324
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Elektron hukumatga qanday ehtiyoj bor?
2.
Elektron hukumat portalida joylashtirilgan hujjatlar qanday turlarga ajratilgan?
3. “Yagona portal” orqali ro‘yxatdan o‘tishning qanday usullari mavjud?
4. Yagona portal qanday imkoniyatlarga ega?
1.
“Elektron hukumat” to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida keltirilgan asosiy tushunchalar,
ularga berilgan ta’riflarni о‘rganib chiqing.
2.
“Yagona portal” orqali “Yashash joyi manzili” xizmat turidan foydalanib, “Doimiy
(vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot” olishga harakat qiling.
3.
Yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali quyidagi xizmat turlarini o‘rganib
chiqing va jadvalni to‘ldiring:
UYGA VAZIFA
№
Xizmat turi
Necha xil
ma’lumotnoma
turi mavjud?
Xizmatdan
foydalanish turi
(soni yoziladi)
Tashkilot
nomi
to‘lovli
to‘lovsiz
1.
2.
3.
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
325
66-dars. ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON
TO‘LOV TIZIMLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Elektron tijorat
(ingl.
e-commerce
– elektron savdo) – savdo-sotiq
amaliyotlarini Internet orqali tashkil
etish.
Internet texnologiyalari keng qo‘llaniladigan sohalardan biri tovar va xizmatlar savdosining
barcha turlarini o‘zida qamrab olgan elektron
tijoratdir. Elektron tijorat tushunchasi (ingl.
Elektronic Data Interchange
– EDI) –
ma’lumotlarni elektron almashish, elektron
pochta, Internet, intranet (kompaniya ichida
axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo
bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni
o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratning an’anaviy
savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:
– xaridor uchun о‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash, sotib olish
imkoniyati;
–savdo-sotiq faoliyatining boshqa faoliyatlarga xalal bermasligi, ya’ni parallel ravishda olib
borish imkoniyati;
–kо‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning о‘zida bir nechta firmaga murojaat qila olish
imkoniyati;
–zarur mahsulotlarni tez izlab topish, izlangan mahsulotlar mavjud korxonalarga murojaat
qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;
– hozirda mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish
imkoniyati;
– elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi,
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi;
–xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’i nazar hamma
qatori, teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati.
Elektron tijorat
axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq
amalga oshiriladigan tovar (ish, xizmat)lar oldi-sotdisi hisoblanadi. Quyidagilar elektron tijorat
tizimining eng keng tarqalgan toifalari hisoblanadi:
biznes-iste’molchi.
Chakana savdo (Internet orqali amalga oshiriladi, masalan,
tovarlarni Amazon.com, ebay.com orqali sotish).
biznes-biznes.
Biznes hamkor bilan savdo aloqlar o‘rnatish (masalan, smartfon
ishlab chiqaruvchi tovarlarini sotish uchun ulgurji sotuvchilardan foydalanadi).
iste’molchi-iste’molchi.
Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (masalan, gazeta yoki
jurnallarda ma’lum bir mahsulotni sotish haqidagi reklama).
B2C
B2B
C2C
|