Ma’lumotlarni asosiy abstrakt turlari




Download 48,18 Kb.
bet6/10
Sana16.12.2023
Hajmi48,18 Kb.
#120354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
A.Shahriyor 1-MT

Ma’lumotlarni asosiy abstrakt turlari. Abstrakt bosqichda ixtiyoriy tuzilmani juftlik ko’rinishda ifodalash mumkin, bu yerda D – elementlarning chekli to’plami bo’lib, ular, ya’ni elementlar ma’lumotlar turlari yoki ma’lumotlar tuzilmasi bo’lishi mumkin, R – esa munosabatlar to’plami bo’lib, mazkur munosabatlar hususiyatlari abstrakt bosqichda ma’lumotlar tuzilmalarini turlarini aniqlaydi.
Ma’lumotlar tuzilmasini asosiy ko‘rinishlari (turlari):
1) To‘plam - munosabat to‘plami bo‘sh R=0 bo‘lgan elementlar majmuasi.
2) Ketma-ketlik – shunday abstrakt tuzilmaki, bunda R to‘plam faqatgina bitta chiziqli munosabatdan iborat (ya’ni, birinchi va oxirgi elementdan tashqari har bir element uchun o‘zidan oldin va keyin keladigan element mavjud.
3) Matritsa – shunday tuzilmaki, bunda R munosabatlar to‘plami ikkita chiziqli munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
4) Daraxt – bunda R to‘plam iyerarxik tartibdagi bitta munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
5)Graf – bunda R munosabatlar to‘plami faqatgina bitta binar tartibli munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
6) Gipergraf – bu shunday ma’lumotlar tuzilmasiki, bunda R to‘plam ikki yoki undan ortiq turli tartibdagi munosabatlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Ishlashi mobaynida o‘zgarishi hisoblanadi. Masalan, agar dastur bajarilishi mobaynida elementlar soni va/yoki ular orasidagi munosabatlar o‘zgarsa, u holda bunday MT dinamik ma’lumotlar tuzilmasi, aks holda statistik ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasiga misollar:

Ma’lumki, matematikada o‘zgaruvchilarni, ularning ba’zi bir kerakli tavsiflariga mos ravishda klassifikatsiya qilish qabul qilingan. O‘zgaruvchilarga misol sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: haqiqiy o‘zgaruvchilar, kompleks o‘zgaruvchilar, mantiqiy o‘zgaruvchilar, bundan tashqari ba’zi bir qiymatlarni qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar va boshqalar. Ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni klassifikatsiya qilish ham katta ahamiyatga ega. Bu yerda ham klassifikatsiya qilinayotganda har bir konstanta, o‘zgaruvchi, ifoda yoki funksiya biror bir toifarga tegishli bo‘ladi degan tamoyilga asoslanadi.


Umuman olganda toifalar o‘zgaruvchi yoki ifoda qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar to‘plami orqali tavsiflanadi.
Ko‘plab dasturlash tillarida ma’lumotlar standart va foydalanuvchi tomonidan beriladigan toifalarga ajratiladi. Ma’lumotlarni standart toifalariga quyidagi 5 ta tur o‘zgaruvchilari kiradi:

Download 48,18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 48,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni asosiy abstrakt turlari

Download 48,18 Kb.