• Eng og’ir holat.
  • O’rtacha holat.
  • Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish.
  • Toshkent-2023 Reja




    Download 48,18 Kb.
    bet5/10
    Sana16.12.2023
    Hajmi48,18 Kb.
    #120354
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    A.Shahriyor 1-MT
    hemissss, Dasturlash 2, 1710231596, 4-sinf uchun, algorithm1, algorithm2m, 1711886020 (2), Dasturiy-taminot-ishlab-chiqish-uchun-talablarni-shakllantirish, 1710231596 (1)
    Eng yaxshi holat.

    Bunda kirish ma’lumotlari algoritm tez bajarilishi uchun qulay ko’rinishda bo‘ladi, ya’ni algoritm kam sonli amallar bilan bajariladi va kam vaqt talab qiladi. Misol uchun, agar tuzimadan qidirayotgan element tuzilmaning birinchi elementi bo’lib hisoblansa, uni qidirishga eng kam vaqt sarflanadi.Chunki tuzilmaning uzunligidan qat’iy nazar bitta solishtirish yetarli.Algoritmlarni eng yaxshi holatlarini taxlil qilishda odatda, bajarilish vaqti konstanta 1 ga teng bo‘lishi sababli ko’pincha taxlillarda bu vaziyat ko’rilmaydi.

    • Eng og’ir holat.

    Bunda kirish ma’lumotlari algoritm bajarilishi uchum eng yomon holatda bo’ladi va juda sekin bajariladi. Eng og’ir holat tahlilda muxim hisoblanadi, chunki bu algoritm bajarilishi uchun ketishi mumkin bo’lgan maksimal vaqtni tasavvur qilishimizga sabab bo‘ladi. Misol uchun, qidirilayotgan element tuzilmaning oxirgi elementi bo’lsa, uni toppish uchun barcha solishtirishlar amalga oshiriladi.

    • O’rtacha holat.

    Bunda algoritmning o’rtacha ishlash imkoniyatini beruvchi kirish ma’lumotlari to’plami olib qaraladi.
    Ma’lumotlar tuzilmalari ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

    1. Ko’rikdan o’tkazish (traversing) - tuzilma elementlariga 1 martadan murojaat qilish amali.

    2. Kiritish – tuzilmaga yangi element kiritish amali.

    3. O’chirish – tuzlmadan bironta elementni o’chirish amali. Bunda element shunday o’chirilishi kerakki, qolgan elementlar stabil holatda bo’lishi kerak, ya’ni ayrim tuzilmalarda nosozlik sezilishi kerak emas.

    4. Qidirish – tuzilmadan bironta elementni joylashgan o’rnini aniqlash amali.

    5. Saralash – elementlarni ma’lum bir tartibda joylashtirish amali.

    6. Birlashtirish (merging) – ikkita tuzilmani birlashtirish amali.



    Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish. Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) – informatsion ob’ektning umumiy xossasi bo‘lib, mazkur xossa bilan biror bir dastur o‘zaro aloqador bo‘ladi. Ushbu umumiy xossa quyidagilar orqali tavsiflanadi:
    1) mazkur tuzilmaning mumkin (qabul qilishi mumkin) bo‘lgan qiymatlari to‘plami;
    2) mumkin bo‘lgan amallar (operatsiyalar) majmuasi;
    3) tashkil etilganlik tasnifi.
    Oddiy ma’lumotlar tuzilmasini ba’zan ma’lumotlar toifalari deb ham ataladi.
    Odatda, ma’lumotlarni tasniflash quyidagi ko‘rinishdagi bosqichlarga ajratiladi:
    1) abstrakt (matematik) bosqich;
    2) mantiqiy bosqich;
    3) fizik (jismoniy) bosqich.
    Ma’lumki, ixtiyoriy ob’ekt, xodisa yoki biror bir jarayon tadqiq qilinayotganda uning modeli qurib olinadi. Model turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, matematik model, fizik model va boshqa modellar. Ob’ekt, xodisa yoki biror bir jarayonni matematik model qurildi degani o‘sha qaralayotgan tizimni ma’lum bir matematik qonuniyatlar orqali, ya’ni matematik formulalar orqali ifodalanishidir.
    Mantiqiy bosqichda ma’lumotlar tuzilmasini biror bir dasturlash tilida ifodalanishi tushuniladi.
    Fizik(jismoniy) bosqichda esa informatsion ob’ektni mantiqiy tavsiflanishiga mos ravishda EXM xotirasida akslantirilish tushiniladi. EXM xotirasi chekli bo‘lganligi sababli, xotirani taqsimlash va uni boshqari muammosi yuzaga keladi.
    Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, mantiqiy bosqich bilan fizik bosqichlar bir biridan farq qiladi. Shu sababli, hisoblash tizimlarida mantiqiy bosqichni fizik bosqichga va aksincha, fizik bosqichni mantiqiy bosqichga akslantirish muamosi vujudga keladi.

    Download 48,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 48,18 Kb.