|
Toshkent amaliy fanlar universiteti manbashunoslik hsm kirish. Manbalarning turlari, manbashunoslikka oid adabiyotlar tahlili. 01 Mavzu reja
|
bet | 5/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 2,29 Mb. | | #147327 |
Bog'liq 1-mavzu. Manbalarning turlariMANBALARNI TURKUMLASH
Sharq yozma manbalarni turkumlashning yagonaaniq bir qoidasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qo’lyozma manbalar fihristi bir qismi asarlar tili nuqtai nazaridan kelib chiqib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida saqlanayotgan sharq qo’lyozmalari yirik sharqshunos Charlz Riyotomonidan ularning qaysi tilda yozilganiga qarab, arab, fors va turkiy tildagi qo’lyozmalarni alohida, alohida tavsifga olib fihrist tuzgan. Frantsiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonadagi saqlanayotgan sharq qo’lyozmalari haqida Edgar Bloshe ham shu tartibda katalog tuzgan.
MANBASHUNOSLIKKA OID ADABIYOTLARNI TAHLILI
Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nihoyat uni ilmiy tahlil qilish har qanday katta kichik tadqiqotning dastlabki bosqichi h’isoblanadi. Tanlangan mavzuning ilmiy hamda nazariy jih’atdan to’g’ri hal etilishi ko’p jih’atdan h’ar qanday tadqiqotningasosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmog’iga, yani mukammalligiga va faktik materialga boyligiga bog’liqdir.
MANBASHUNOSLIKKA OID ADABIYOTLARNI TAHLILI
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy hujjatlar, solnomalar, geokosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi malumotlarqiyosiy solishtirilib tah’lil etilsa ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo’lib, uning ilmiy ah’amiyati h’am katta bo’lishi shubh’asizdir.
MANBASHUNOSLIKKA OID ADABIYOTLARNI TAHLILI
Tadqiqot uchun yozma manbalarning qaysi biriasosiy va qaysilari yordamchi rol o’ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog’liqdir. Masalan, iqtisodiy ijtimoiy masalalarni o’rganishda rasmiy hujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o’taydigan bo’lsa, siyosiy hamda madaniy h’ayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralar hamda adabiy-badiiy asarlar yetakchi o’rinda turadilar. Lekin shunga qaramay,ilmiy tadqiqot olib borishda faqat asosiy hisoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib qolmay, imkon qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni ham tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
MANBASHUNOSLIKKA OID ADABIYOTLARNI TAHLILI
Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli malumotlarga boy bo’ladi. Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid qimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo’q ma`lumotlarni uchratish mumkin.
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent amaliy fanlar universiteti manbashunoslik hsm kirish. Manbalarning turlari, manbashunoslikka oid adabiyotlar tahlili. 01 Mavzu reja
|