|
Toshkent аrxitekturа-qurilish universiteti “menejment” kаfedrаsi
|
bet | 1/2 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,46 Mb. | | #244483 |
Bog'liq URUMBOYEVA FOTIMA 59-22 Bugalteriya
TOSHKENT АRXITEKTURА-QURILISH UNIVERSITETI “MENEJMENT” KАFEDRАSI
59-22 GURUH 2-BOSQICH TALABASI URUMBOYEVA FOTIMANING BUGALTERIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Mavzu:Buxgalteriya
hisobi ishchi schetlar rejasi
Reja:
- 1. Buxgalteriya schetlari haqida tushuncha.
- 2. Ishchi schetlar haqida ma`lumot.
- 3. Schetlar korrespondensiyasi va uning turlari.
- 4. Foydalanilgan adabiyotlar
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. Buxgalteriya hisobi schyotlarning ma’lim bir tizimga solinishi schyotlar rejasi deyiladi. Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi, xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi. SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qati nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab qo‘llanila boshlandi..
Barcha schyotlar yoʼnalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga boʼlinadi:
- aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- kapitalni hisobga oluvchi schyotlar.
Balansga nisbatan schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlar guruhiga boʼlinadi.
Schyotlar toʼrt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.
Oʼzbekiston Respublikasida ishlatilayotgan korxona moliyaviy – xoʼjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tavsiya etilayotgan schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek sanalanishi va joylashish tartibi boʼyicha farq qiladi
Korxonalar schyotlar rejasiga asosan xoʼjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida oʼz ishchi schyotlar rejasini tuzishlari zarur. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning koʼp yoki kam soniga ega boʼlishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xoʼjalik operatsiyalarini hisobga olishni taʼminlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan boʼlishi va qoʼshimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini oʼzlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tegishlicha tashkil etish uchun korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi hamda har bir hisobvaraq tavsiflangan va ularga doir hisobvaraqlarning namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomadan to‘g'ri foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini milliy andozalarini amalga tatbiq etish va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlariningyangi rejasi ishlab chiqildi. «Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliya-viy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BXMA O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g'risida»gi Qonuni 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi asosida xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobvaraqlari ishchi rejasini tuzadilar va u xo‘jalik yurituvchi sub'ektning hisob siyosatida aks ettiriladi.
Hisobvaraqlar rejasi – buxgalteriya hisobi bo‘yicha hisobvaraqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir tizimga solingan ro‘yxatidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining yangi tahriri Uzbekiston respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan 21-son BXMS sifatida ro‘yxatdan o‘t kazildi. Mazkur standart 2002 yil 2 noyabrdan kuchga kiritildi. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar va auditorlik tashkilotlari 2002 yil 1 yanvardan boshlaboq yangi Hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha hisob yurita boshladilar, 2003 yil 1 yanvardan boshlab ularga birjalar, 2004 yil 1 yanvardan boshlab mulkchilik shaklidan qat'iy nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar qo‘shiladilar. Hisobvaraqlar rejasida 249 ta balans va 14 ta balansdan tashqari hisobvaraq mavjud.
|
| |