|
Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti cal006- guruh talabasi Ilyosov Azizbekning Algaritmni loyihalash fanidan Mustaqil ish -1
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 341,76 Kb. | | #241448 |
Bog'liq Al1 Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti CAL006- guruh talabasi Ilyosov Azizbekning Algaritmni loyihalash fanidan Mustaqil ish -1 Bajardi:Ilyosov Azizbek Reja: - Graflar haqida tushuncha.
- Deykstra algoritmi.
- Bellman-Ford algoritmi.
- Floyd-Yolshel algoritmi.
- Xulosa
Graf – bu tugunlar va qirralar (tugunlar juftligini birlashtiruvchi) to’plamidan iborat bo’lgan abstrakt matematik ob’ektdir. Grafning elementlari tarkibi va munosabatlar tuzilishi beriladi. Grafning tarkibiy qismlari bu uning tugunlari va qirralaridir.
К
С
О
И
Н
Tarmoq Bir nechta juft tugunlararo qirralardan iborat bo’lgan turlicha yo’llar to’plami mavjud bo’lishi mumkin. Yopiq yo’llar – sikllarning mavjud bo’lishi tarmoqlarga xos xususiyatdir. Yonaltirilmagan graf yoki simmetrik bog’liqlik
I
II
III
IV
- Gollandiyalik olim Edsger Deykstra algoritmi grafning boshlang’ich berilgan tugunidan boshlab qolgan barcha tugunlargacha bo'lgan barcha eng qisqa yo'llarni topadi. Uning yordamida, agar barcha zarur ma'lumotlar berilgan bo'lsa, masalan, neft va shu kabi mahsulotlarni eksport qilish uchun bitta shahardan boshqa shaharlarning har biriga borish uchun qaysi yo'llar ketma-ketligini tanlash afzalroq ekanligini bilib olish mumkin. Ushbu usulning salbiy tomoni shundaki, manfiy vaznga ega bo’lgan qirralari mavjud bo'lgan graflarni qayta ishlash imkonining mavjud emasligi, ya'ni, masalan, ba'zi tizim birorta kompaniya uchun foydasiz bo'lgan marshrutlarni taqdim qilsa, u holda u bilan ishlash uchun Dijkstraning algoritmidan foydalanib bo’lmaydi.
- Algoritmni dasturiy ta'minotini amalga oshirish uchun ikkita massiv kerak bo'ladi: mantiqiy toifadagi visited - tashrif buyurilgan tugunlar haqidagi ma'lumotlarni saqlash uchun va topilgan eng qisqa yo'llar kiritiladigan butun toifadagi - distance. G={V,E} graf berilgan bo’lsin. V to’plamga tegishli barcha tugunlar dastlab tashrif buyurilmagan deb belgilanadi, ya’ni visited massivining elementlariga false qiymat berib chiqiladi. Eng afzal yo’lni topish masalasi qaralyapti. Distance massivining har bir elementiga shunday qiymat beriladiki, ixtiyoriy potensial yo’ldan katta bo’lsin (odatda, bu qiymatni cheksiz katta qiymat deb qaraladi, ammo dasturda berilgan toifaning qiymatlar diapazonidagi eng katta qiymat sifatida olinadi). Boshlang'ich nuqta sifatida s tugun tanlanadi va unga nol yo'l belgilanadi: distance [s] = 0, chunki s-dan s-gacha hech qanday qirra yo'q (bu usulda ilmoqlar qaralmaydi).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti cal006- guruh talabasi Ilyosov Azizbekning Algaritmni loyihalash fanidan Mustaqil ish -1
|