|
Tasodifiy inqilob Tasodifiy inqilob
|
bet | 2/4 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 387,13 Kb. | | #123754 |
Bog'liq Kibrxavfsizlik dedlayin maruza Tasodifiy inqilob Tasodifiy inqilob - 1980 yillarda paydo bo'lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib, kompyuter bozorida ustunlikka erishdi. Shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yetarli quvvatga ega bo'lmay Yuniks turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo'llab bo'lmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o'sar ekan, bunday kompyuterlar uchun Yuniks turli tizimlari paydo bo'lishi tabiiy xol bo'lgan.
- 1987 yili Linuks tizimining yaratilishiga o'ziga xos hissasini qo'shgan, gollandiyalik professor Andryu Tanenbaum Yuniks turli tizimini yaratadi. Tizimga muallif Miniks (Minix) nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o'quv quroli sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Miniks mukammal va benuqson operatsion tizim bo'lmagan, lekin uning dastlabki kodi ochiq bo'lib, Tanenbaumning "Operatsion tizimlar" kitobida tizimning ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bu esa operatsion tizimni o'rganishni xohlovchilar uchun bebaho o'quv qo'llanma bo'lgan, shuning uchun Yevropa oliygohlarining talabalari bosh ko'tarmay Miniks tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o'rganishgan. Shunday talabalar qatori Linus Torvalds bo'lgan.
Linux OTda imtiyozlar turlari R Linux bepul dastur hisoblanadi. Linux va ba'zi Unix tizimlarida ishlatiladigan Ext2/Ext3/Ext4 FS fayl tizimlarini tiklash uchun. R-Linux-da qo'llaniladigan Skanerlash texnologiyasi va oson o'rnatiladigan dastur interfeysi foydalanuvchiga ma'lumotlarni qayta tiklash jarayonini mutlaq nazorat qilish imkonini beradi. R-Linux sizga ma'lumotni nusxalash va butun disk yoki uning bir qismining tasvirini yaratish imkonini beradi va shundan keyingina asl diskdagi kabi boshqa tashuvchida saqlangan tasvir fayli bilan ishlash mumkin. R-Linux ma'lum turdagi fayllarni tuzilmalarining tipik xususiyatlaridan foydalangan holda qidiradi, bu foydalanuvchiga fayl tizimi noma'lum bo'lgan qurilmalardan - HD, CD, DVD, floppi disklar, USB disklar, ZIP disklar va fayllarni qidirish va tiklash imkonini beradi. Shu bilan birga, dasturda tarmoq orqali ma'lumotlarni qayta tiklash imkoniyati, shuningdek, disk massivlarini qayta tiklash va ulardan ma'lumotlarni qayta tiklash funksiyalari mavjud emas.
|
| |