|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 5-topshiriq
|
bet | 1/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 161,51 Kb. | | #235220 |
Bog'liq dsfsfsf
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
5-topshiriq
Bajardi:Jamilov Akobir
Tekshirdi:Delov To`lqin
Toshkent – 2024
Topshiriq 5
1.Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
2.Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini o‘rganish metodlari
3.Oratorlik madaniyati konikmalarini shakllantirish (Aqliy hujum, Maslahat usullari asosida)
1)Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqlik nomlari bilan bog`liq. Masalan, xolerik grekcha “hole” so'zidan olingan bo'lib - o't, sangvinik grekcha “sandus” so'zidan olingan bo'lib - qon, melanxolik grekcha “melanhole” so'zidan olingan bo'lib - qora o't, flegmatik grekcha “plegma” so'zidan olingan bo'lib - shilimshiq modda, degan ma'nolarni bildiradi. Gippokrat ta'limotiga ko'ra, har qaysi odamda yuqoridagi to'rt xil suyuqlikdan biri ko'proq bo'lib, inson a'zosida ustun turadi.
XOLЕRIK
J uda g`ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo'lgan, tez va shiddatli, qizg`in emotsional “portlash” va kayfiyatning keskin o'zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan inson xoleriklar deb ataladi.
Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon) - hissiyotning tez va kuchli qo'zg`aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan ajralib turadi. Xolerik temperamentli insonlarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, (mimikalarida), harakat va so'zlashuvlarida yaqqol ko'rinib turadi.
Bu tip vakillari sabr-toqat kerak bo'ladigan qollarda o'zlarini tutib turishlari qiyin bo'ladi. Ular juda faol hayot kechirishga intilishadi, harakatlari va so'zlarida keskinlik, ba'zida esa qo'pollikni ham ko'rish mumkin. Ularning harakatlari fikrlaridan oldin yuradi, shuning uchun ham ular bir ishni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar. Ular gohida hushchaqchaq va dilkash suhbatdosh, gohida esa serjahl va asabiy holda bo'ladilar. Ana shunday paytda ularni umuman gap tushuntirib bo'lmaydigan darajadagi qiyofada ko'rish mumkin
|
| |