• T asirchan, chuqur kechinmali, gap kotara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchali etibor bermaydigan, ozini tohtata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan insonlar melanholiklar deb ataladi
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 5-topshiriq




    Download 161,51 Kb.
    bet2/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi161,51 Kb.
    #235220
    1   2   3   4
    Bog'liq
    dsfsfsf

    SANGVINIK



    Sezgilari psixik faollikka ega bo'lgan, atrofda bo'layotgan vazifalarga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o'zgartirishga intiluvchi, ko'ngilsizliklarni engil o'tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo'lgan insonlarga sangvinik deyiladi.
    Sangvinik temperament (hushchaqchaq, so'zamol) - hissiyotning tez, kuchli qo'zg`aluvchanligi, lekin be?aror bo'lishi bilan farqlanadi. Sangvinik temperamentli insonlarning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari bo'lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Sangviniklardagi jarayonlar xoleriklardagi singari tez bo'ladi. Bu hil temperamentli insonlar ildam, chaqqon, serharakat va jo'shqin bo'ladi. Ular ko'p ishga tez va g`ayrat bilan kirishadigan, lekin ishdan tez soviydigan bo'lishadi. Bir zayldagi ishlarni uzoq, davomli suratda bajarishga moyil bo'lmaydilar. Bir turdagi faoliyatdan ikkinchi turdagi faoliyatga osonlik bilan o'tadi. Tanish va do'stlari ko'p, begona insonlar davrasida o'zini erkin tutadi.
    MЕLANXOLIK
    T a'sirchan, chuqur kechinmali, gap ko'tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchali e'tibor bermaydigan, o'zini to'htata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan insonlar melanholiklar deb ataladi
    Melanxolik temperament (g`amgin, ta'sirchan)- hissiyotning sekin, lekin kuchli qo'zg`aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farqlanadi. Melanxoliklar barqaror, davomli kayfiyatga moyil bo'lib, bu tur odamlar sustkash bo'ladilar. Bu temperament egalari ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin kirishganda ham boshlagan ishini ohiriga etkazadi. Ular bir narsadan hafa bo'lsalar bu hafalik uzoq vaqt davom etadi, barqaror bo'ladi. Melanxolik tipidagi insonlarning asab jarayonlari kuchsiz bo'lib, tormozlanish jarayoni qo'zg`alish jarayonlaridan ustun turadi. Tez hayajonlanadigan, ta'sirchan, yoqimli yoki yoqimsiz hislarni chuqur qabul qiladigan va muloqot davomida sekin gapiradigan insonlardir. Ularning asab tizimlari zaif, har narsaga e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishadi.
    FLЕGMATIK
    Yuragi keng, barqaror intilishlarga va doimiy his-tuyg`ularga ega, harakatlari va nutqi bir hil maromda bo'lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etmaydigan inson flegmatik, deb ataladi. Psixologik tadqiqotlar natijasiga ko'ra, temperament turlari aralash tarzda uchrashi ham kuzatiladi. Insonda qaysi tipdagi temperamentning xususiyatlari ko'proq namoyon bo'lsa, shunga qarab u yoki bu temperament tipiga mansub deb ataladi.
    Flegmatik temperament (bosiq, og`ir tabiatli)- hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo'zg`alishi va uzoq davom etmasligi bilan xarakterlanadi. Flegmatik temperamentli insonlarda, hissiyotlarning tashqi ifodasi kuchsiz bo'ladi. Bu hil temperamentli odamlarni hursand qilish, hafa qilish yoki g`azablantirish ancha qiyin. Flegmatiklarda psixik jarayonlar sust o'tadi. Bu hil temperamentli odamlar nihoyat og`ir, yuvvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo'ladi. Flegmatik tipidagi insonlar hissiyotga tez berilmasligi bilan ajralib turishadi. Ular arz holini hammaga aytavermaydi, boshqalarning hissiyotlarini ham beparvolik bilan kuzatadi. Ular uzoq kuta olishi va sabr-toqatli bo'lishi bilan boshqa temperament egalaridan ajralib turishadihar bir temperament tipining o'ziga hos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Jumladan, xolerik temperamentli shaxsning ijobiy tomoni uning g`ayratliligi, harakatlar tezligi, qat'iyligida; salbiy tomoni tormozlanish jarayoni sust bo'lganligi sabab nojo'ya harakatlarni sodir etib qo'yish holatlarining yuzaga kelishi; flegmatik tipining ijobiy xislatlaridan biri bosiqlikda, hissiyotlarni engib o'ta olishda; salbiy jihati sustkashligi, beparvoligi ba'zida yalqovligida; melonholiklarning ijobiy tomoni ehtiyotkorona munosabat, osoyishtalik; salbiy tomoni ular oddiy voqealardan ham ta'sirlanishi, arzimagan narsadan hafa bo'lishidir.


    Download 161,51 Kb.
    1   2   3   4




    Download 161,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 5-topshiriq

    Download 161,51 Kb.