|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturiy injiniring fakulteti
|
bet | 2/2 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 3,31 Mb. | | #156628 |
Bog'liq amaliyot hisobot3.Xulosa
Men ushbu ishlab chiqarish amaliyotim davomida dasturlarning ishlab chiqish jarayonida bevosita qatnashdim. Tizimning talablaridan kelib chiqib uni loyihalashdan tortib, uni ommaga namoyish qilish jarayonini ko’rdim va ko’plab kerakli narsalarni o’rgandim. Haqiqiy loyihalarda mijozlar bilan ishlash ko’nikmasi, deadline bilan ishlash, muammolarni hal qilish ko’nikmalarini oldim. Amaliyot davomida yaxshi darajada o’rgangan texnologiyalarimdan biri bu – versiyalarni boshqarish tizimi, ya’ni Git tizimi bo’ldi. Amaliyotga kelishimdan oldin ushbu tizimni yuzaki bilardim va uning imkoniyatlarini deyarli bilmas edim. Amaliyotim davrida esa jamoa bilan ishladim va Git afzalliklarini ko’rdim va yuqori malakali dasturchilardan ko’plab imkoniyatlarini o’rgandim. O’quv markaznida frontend dasturlash kursi bo’yicha ta’lim olganman, unda framework sifatida Vue JSni o’rganganman. O’quv markazda o’rgangan bilimlarimni amaliyotda mustahkamladim. Vue JS frameworkining men bilmagan imkoniyatlarini kompaniya dasturchilaridan o’rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://supportsolution.uz/
https://quasar.dev/
https://vuetifyjs.com/en/
|
| |