Parolli autentifikatsiyalash algoritmining dasturiy amalga oshirilishi.
Oddiy autentifikatsiyani tashkil etish sxemalari nafaqat parollarni uzatish,
balki ularni saqlash va tekshirish turlari bilan ajralib turadi. Eng keng tarqalgan
usul – foydalanuvchilar parolini tizimli fayllarda ochiq holda saqlash usulidir.
Bunda fayllarga o‘qish va yozishdan himoyalash atributlari o‘rnatiladi (masalan,
operasion tizimdan foydalanishni nazoratlash ro‘yxatidagi mos imtiyozlarni
tavsiflash yordamida). Tizim foydalanuvchi kiritgan parolni parollar faylida
saqlanayotgan yozuv bilan solishtiradi. Bu usulda shifrlash yoki bir tomonlama
funksiyalar kabi kriptografik mexanizmlar ishlatilmaydi. Ushbu usulning
kamchiligi – niyati buzuq odamning tizimda ma’mur imtiyozlaridan, shu bilan
birga tizim fayllaridan, jumladan parol fayllaridan foydalanish imkoniyatidir.
Autentifikatsiyalash algoritmining dasturiy kodi(S++ dasturlash tilida). Foydalanuvchini autentifikatsiyadan o‘tkazish funksiyasi:
void Auth()
{
cout<<"Authentification process";
ifstream Passfile("password.txt", ios::in);
Passfile>>inpass;
ifstream Userfile("username.txt", ios::in);
Userfile>>inuser;
system("cls");
cout<<"USERNAME: ";