174
ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishga imkon beradi. Daydjestga dastlabki xabar
uchun o‘ziga xos nazorat yig‘indisi sifatida qarash mumkin. Ammo, daydjest va
oddiy nazorat yig‘indisi orasida jiddiy farq ham mavjud. Nazorat yig‘indisidan
aloqaning ishonchsiz liniyasi bo‘yicha uzatiladigan
xabarlarning yaxlitligini
tekshirish vositasi sifatida foydalaniladi. Tekshirishning bu vositasi niyati buzuq
odamlar bilan ko‘rashishga mo‘ljallanmagan. Chunki, bu holda nazorat
yig‘indisining yangi qiymatini qo‘shib xabarni almashtirib qo‘yishga ularga hech
kim xalaqit bermaydi. Qabul qiluvchi bunda hech narsani sezmaydi.
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy
kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga
ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki
xabarning har qanday modifikasiyasi darhol ma’lum bo‘ladi.
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy
kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga
ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki
xabarning har qanday modifikasiyasi darhol ma’lum bo‘ladi.
6.5-rasmda ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda
bir tomonlama xesh-
funksiya ishlatilishining boshqa varianti keltirilgan.
Bu holda bir tomonlama xesh-funksiya
h(.) parametr–kalitga ega emas,
ammo u maxfiy kalit bilan to‘ldirilgan xabarga qo‘llaniladi, ya’ni jo‘natuvchi
Xabar М
h
k
(M)
Daydjest m
K
Xabar М
Xabar М
h
k
(M)
Daydjest m
K
Daydjest m'
?
m=m'
Ha
Yo’q
Jo’natuvchi
Qabul qiluvchi
6.4–rasm. Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir
tomonlama xesh-funksiyaning
ishlatilishi (I-variant).
175
daydjest m=h(M, K)ni hisoblaydi. Qabul qiluvchi dastlabki xabarni chiqarib olib,
uni o‘sha ma’lum maxfiy kalit bilan to‘ldiradi. So‘ngra olingan ma’lumotlarga bir
tomonlama xesh-funksiya h(.)ni qo‘llaydi. Hisoblash natijasi – daydjest "m"
tarmoq orqali olingan daydjest "m" bilan taqqoslanadi.