178
6.5. Foydalanuvchilarni biometrik identifikasiyalash va
autentifikatsiyalash
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini,
xulqining
xususiyatlarini
o‘lchash
orqali
foydalanuvchini
ishonchli
autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng
tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi
afzalliklarga ega:
- biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning
ishonchlilik darajasi yuqori;
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi;
- biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol
ishlatiladigan biometrik
alomatlar quyidagilar:
barmoq izlari;
qo‘l panjasining geometrik shakli;
yuzning shakli va o‘lchamlari;
ovoz xususiyatlari;
ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namunaviy sxemasi
quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga olinishida foydalanuvchidan o‘zining xarakterli
alomatlarini bir yoki bir necha marta namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar
tizim tomonidan qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi.
Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda elektron shaklda saqlanadi va o‘zini
qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni tekshirishda ishlatiladi.
Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan ro‘yxatga olinganlarining
mosligi yoki
mos kelmasligiga qarab qaror qabul qilinadi. Iste’molchi nuqtai nazaridan
biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate);
179
xatolik tasdiqlar koeffitsientiFAR (false-alarmrate).
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo
bo‘ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi).
Xatolik tasdiq
tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP
qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). Bu ikkala
koeffitsient bir biri
bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum xatolik tasdiq
koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala
parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski,
biometrik tizim ideal emas, shu
sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar
shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini
aniqlovchi xatolik
tasdiqlarning istalgan koeffitsientiga erishiladi.