183
foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini
aniqlash jarayonini
soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi
qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa kirishlarida
murakkab parollarni
eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali
autentifikatsiya
SSO
(Single
Sign-On)ga
biometrik
imkoniyatlarni
integrasiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon
beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning
birinchilar qatorida keng
tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter
o‘G‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot
tizimining buzilishi katta
zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish
(mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida)
orqali korporativ
tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik,
arzon
va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari datchiklari echishga imkon
beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot
yordamida axborotdan
foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta satxi - ro‘yxatga olish,
ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni
deshifrasiyalash uchun
autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.
Foydalanuvchini
biometrik
autentifikatsiyalash
maxfiy
kalitdan
foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi
mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy xususiy kalit egasining
foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining
maxfiy kalitini ishlatib
xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.