• VII bob. KOMPYUTER VIRUSLARI VA ZARARKUNANDA DASTURLAR BILAN KURASHISH MEXANIZMLARI 7.1. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/191
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,72 Mb.
    #136339
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   191
    Bog'liq
    61b762c5e6d666.07483815

    Nazorat savollari: 
    1. 
    Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik 
    alomatlar? 
    2. 
    Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi ishlash 
    sxemasini tushuntirib bering. 
    3. 
    Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash 


    184 
    tizimlarini tushuntirib bering. 
    4. 
    Yuz tuzilishi bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlarining ishlash 
    prinsipini tushuntirib bering. 
    5. 
    Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari xususiyatlari. 
    6. 
    Ko‘z yoyi to‘r pardasining naqshi bo‘yicha autentifikatsiyalash 
    tizimni yoritib bering. 


    185 
    VII bob. KOMPYUTER VIRUSLARI VA ZARARKUNANDA 
    DASTURLAR BILAN KURASHISH MEXANIZMLARI 
    7.1. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari 
     
    Kompyuter virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili Fred 
    Koen bergan: "Kompyuter virusi – boshqa dasturlarni, ularga o‘zini yoki 
    o‘zgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ularni modifikasiyalash bilan zaharlovchi 
    dastur. Bunda kiritilgan dastur keyingi ko‘payish qobiliyatini saqlaydi". Virusning 
    o‘z-o‘zidan ko‘payishi va hisoblash jarayonini modifikasiyalash qobiliyati bu 
    ta’rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter virusining ushbu 
    xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik viruslarning parazitlanishiga 
    o‘hshash. 
    Hozirda kompyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan 
    dasturiy kod tushuniladi: 
    - asliga mos kelishi shart bo‘lmagan, ammo aslining xususiyatlariga (o‘z-
    o‘zini tiklash) ega bo‘lgan nusxalarni yaratish qobiliyati; 
    - hisoblash tizimining bajariluvchi ob’ektlariga yaratiluvchi nusxalarning 
    kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlarning mavjudligi. 
    Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo yetarli emas. Ko‘rsatilgan 
    xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar keltiruvchi dastur ta’sirining 
    destruktivlik va sir boy bermaslik xususiyatlari bilan to‘ldirish lozim.
    Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin: 
    - yashash makoni; 
    - operasion tizim; 
    - ishlash algoritmi xususiyati; 
    - destruktiv imkoniyatlari. 
    Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar 
    kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo‘yicha turkumlash asosiy va 
    keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi (7.1-rasm). 


    186 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng ko‘p 
    tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo‘ldoshlarni (kompanon viruslar) yaratadi yoki 
    faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi. 
    Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki 
    vinchesterning tizimli yuklovchisi (MasterBootRecord) bo‘lgan sektorga yozadi. 
    Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini 
    bajaradi. 
    Makroviruslar 
    axborotni 
    ishlovchi 
    zamonaviy 
    tizimlarning 
    makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoftWord, MicroSoftExcel va h. 
    kabi ommaviy muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi. 
    Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta 
    protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" 
    xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet 
    bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, InternetRelayChat) bo‘linadi. 
    Kompyuter 
    viruslarining 
    yashash makoni 
    Fayl viruslari 
    Yuklanma viruslar 
    Makro viruslar 
    Tarmoq viruslar 
    Bajariladigan 
    fayllar 
    (exe.com.bat) 
    Diskning 
    yuklanuvchi 
    (Boot) sektori
    Xujjarlar 
    WORD (.doc) 
    Tarmoq
    protokollari 
    Egizak
    fayllar 
    Tizimli 
    yuklovchi sektori
    Xujjatlar
    Excel (.xls) 
    Tarmoq
    komandalari 
    Fayllar o’rtasidagi 
    aloqa (link-viruslar) 
    Aktiv boot-
    sektorga 
    ko’rsatkich
    Office
    xujjatlari 
    Elektron
    pochta 
    7.1-rasm. Yashash makoni bo’yicha kompyuter viruslarining turkumlanishi. 


    187 
    Kompyuter viruslarining ko‘pgina kombinasiyalangan xillari ham mavjud, 
    masalan – tarmoqli makrovirus tahrirlanuvchi xujjatlarni zaxarlaydi, hamda 
    o‘zining nusxalarini elektron pochta orqali tarqatadi. Boshqa bir misol sifatida 
    fayl-yuklama viruslarini ko‘rsatish mumkinki, ular fayllarni hamda disklarning 
    yuklanadigan sektorini zaharlaydi. 
    Viruslarning hayot davri.Har qanday dasturdagidek kompyuter viruslari 
    hayot davrining ikkita asosiy bosqichini - saqlanish va bajarilish bosqichlarini 
    ajratish mumkin. 
    Saqlanish bosqichi virusning diskda u kiritilgan ob’ekt bilan birgalikda 
    shundaygina saqlanish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda virus virusga qarshi 
    dastur ta’minotiga zaif bo‘ladi, chunki u faol emas va himoyalanish uchun 
    operasion tizimni nazorat qila olmaydi. 
    Kompyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni o‘z 
    ichiga oladi: 
    1. Virusni xotiraga yuklash. 
    2. Qurbonni qidirish. 
    3. Topilgan qurbonni zaharlash. 
    4. Destruktiv funksiyalarni bajarish. 
    5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish. 

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish