200
- boshqa kompyuterlarda disketda yozilgan axborotni o‘qishdan odin bu
disketda virus borligini o‘zining kompyuteridagi virusga qarshi dastur yordamida
doimo tekshirish;
- axborotni ikkilash. Avvalo dasturiy ta’minotning
distributiv eltuvchilarini
saqlashga va ishchi axborotning saqlanishiga e’tibor berish;
- kompyuter tarmoqlaridan olinuvchi barcha bajariluvchi fayllarni
nazoratlashda virusga qarshi dasturdan foydalanish;
- kompyuterni yuklama viruslardan zaharlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun,
operasion tizim ishga tushirilganida yoki qayta yuklanishida diskovod cho‘ntagida
disketani qoldirmaslik.
Virusga qarshi dasturlarning har biri o‘zining afzalliklariga va
kamchiliklariga ega. Faqat virusga qarshi dasturlarning bir necha xilini kompleks
ishlatilishi maqbul natijaga olib kelishi mumkin.
Quyida virusdan
zaharlanish profilaktikasiga, viruslarni aniqlash va
yo‘qotishga mo‘ljallangan ba’zi dasturiy komplekslar tavsiflangan.
AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) – Rossiyaning virusga qarshi paketi.
Paket tarkibiga quyidagilar kiradi:
- OfficeGuard – blokirovka qiluvchi, makrovirusdan 100% himoyalanishni
ta’minlaydi;
- Inspector – taftishchi, kompyuterdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatadi, virus
faolligi aniqlanganida diskning asl nusxasini tiklashga va zarar keltiruvchi kodlarni
chiqarib tashlashga
imkon beradi;
- Monitor – viruslarni ushlab qoluvchi, kompyuter xotirasida doimo hozir
bo‘lib, fayllar ishga tushirilganida, yaratilishida yoki nusxalanishida ularni virusga
qarshi tekshiradi;
- Scanner – virusga qarshi modul, lokal va tarmoq
disklar tarkibini keng
ko‘lamli tekshirish imkonini beradi. Skanerni qo‘l yordamida yoki berilgan vaqtda
avtomatik tarzda ishga tushirish mumkin;
- Dr.Web – Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows
9x/NT/2000/XP uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faylli, yuklama,
va fayl-yuklama
201
viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. Dastur tarkibida rezident qorovul Spider
Guard, Internet orqali virus bazalarini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik
tekshirish jadvalini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga
oshirilgan. Dr.Web da ishlatiluvchi algoritmlar haqida ma’lum bo‘lgan barcha
virus xillarini aniqlashga imkon beradi. Dr.Web dasturining muhim xususiyati –
oddiy signaturali qidirish natija bermaydigan murakkab
shifrlangan va polimorf
viruslarni aniqlash imkoniyatidir;
-
Symantec
Antivirus
– Symantec kompaniyasining korporativ
foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti nabori.Symantec
mahsulotidan ishchi joylarining umumiy soni 100 va undan ortiq bo‘lganida va
bo‘lmaganda bitta Windows NT/2000/NetWare serveri mavjudligida foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu paketning bashqalardan ajralib turadigan
xususiyati quyidagilar:
- boshqarishning ierarxik modeli;
- yangi virus paydo bo‘lishiga reaksiya qilish mexanizmining mavjudligi.
- AntiVir Personal Edition –
virusga qarshi dastur AVP, Dr.Web va h.lar
imkoniyatlaridek imkoniyatlarga ega. Dastur komplektiga quyidagilar kiradi:
- disklarni skanerlovchi;
- rezident quriqchi;
- boshqarish dasturi;
- rejalashtiruvchi.
Dastur Internet dan yuklanuvchi fayllarni skanerlaydi. Internet orqali
yangilanishlarni avtomatik tarzda tekshirish va yuklash funksiyasi ham mavjud.
Dastur xotirani, yuklanish sektorini tekshirishda ishlatiladi va unda viruslar
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ma’lumotnoma mavjud.