192
fayl-server disklariga tushib qolishi, u erdan kataloglar
orqali tarmoqning barcha
kompyuterlariga o‘tishi mumkin. Shu tariqa virus epidemiyasi boshlanadi. Virus
tarmoqda shu virus tushib qolgan kompyuter foydalanuvchisi xuquqlari kabi
xuquqqa ega ekanligini tizim ma’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u
foydalanuvchi foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi mumkin. Agar
virus tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib qolsa oqibati juda og‘ir bo‘lishi
mumkin.
Elektron pochta.
Hozirda Internet global tarmog‘i viruslarning asosiy manbai hisoblanadi.
Viruslar bilan zaharlanishlarning aksariyati MicroSoftWord formatida xatlar
almashishda sodir bo‘ladi. Elektron pochta makroviruslarni
tarqatish kanali
vazifasini o‘taydi, chunki axborot bilan bir qatorda ko‘pincha ofis xujjatlari
jo‘natiladi.
Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga oshirilishi
mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muharrirdan foydalanuvchi o‘zi
shubha qilmagan holda, adresatlarga zaharlangan xatlarni jo‘natishi mumkin.
Ikkinchi tarafdan niyati buzuq odam atayin elektron pochta orqali harqanday xavfli
dasturiy kodni jo‘natishi mumkin.
Troyan Web-saytlar. Foydalanuvchilar virusni yoki troyan dasturni Internet
saytlarining
oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni ko‘rganida olishi mumkin.
Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar ko‘pincha troyan Web-saytlari faol
komponentlarining foydalanuvchi kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlarni
kiritishiga sabab bo‘ladi. Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy
elektron xat orqali olishi mumkin.
Lokal tarmoqlar.
Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish vositasi hisoblanadi. Agar
himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, zaharlangan ishchi stansiya lokal
tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki bir necha xizmatchi fayllarni zaharlaydi.
Bunday fayllar sifatida Login.com xizmatchi faylni, firmada qo‘llaniluvchi Excel-
jadvallar va standart xujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin.
Foydalanuvchilar bu
193
tarmoqqa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi, natijada virus
foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi.
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari.
Viruslarni tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi
nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqununiy nusxalarda
ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan fayllar bo‘ladi.
Viruslarni
tarqatish manbalariga elektron anjumanlar va FTP va BBS fayl-serverlar ham
taalluqli.
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va umumfoydalanish
rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina viruslarni tarqatish manbaiga
aylanishi mumkin. Agar bunday kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi
disketidan zaharlangan bo‘lsa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar
disketlari ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi
bilan kompyuter viruslari ham,
o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda, takomillashadi. Har qanday
onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lgan, ammo yangi
kompyuter asbob-uskunasiga mo‘ljallangan kompyuter viruslari,
troyan dasturlari
va qurtlar paydo bo‘lishi mumkin. Yangi viruslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin
mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizimlarga tatbiq
etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Virusdan zaharlanish
xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim ma’muri, nafaqat virusga
qarshi usullardan foydalanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib
borishi shart.